O’ zbekiston r espublikasi a xborot t exnologiyalari va


To‘lqin uzatgichning xususiyatlari bilan bog‘liq dispersiya


Download 302.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.12.2022
Hajmi302.44 Kb.
#1030348
1   2   3   4   5
Bog'liq
Topshiriq 5 6

To‘lqin uzatgichning xususiyatlari bilan bog‘liq dispersiya 
To‘lqin uzatishbilan bog‘liq(tola) dispersiya – bu impulslarni tarqalish tezligini to‘lqin 
uzunligiga bog‘liqligidir. 


Xar qanday real nurlanish manbalari ma’lum chastota polosasida to‘lqin uzunliklarini 
nurlantiradi desak, turli to‘lqin uzunligiga ega yorug‘lik impulslari toladan turli vaqt 
bo‘yicha kechikib keladi. Natijada boshlang‘ich impulslar buziladi. Signallarni turli to‘lqin 
uzunligida turli tezliklarda uzatilishi yuqorida keltirilgan edi. 
Shuningdek yuqorida aytib o‘tilgandek 1310 nm to‘lqin uzunligida dispersiya qiymati 
minimal bo‘lib, nolga teng.
Dispersiyani nol qiymati so‘nish qiymatlari kichik bo‘lgan 3-tiniqlik oynasiga 
surilgan. Bu kvars shishasini ligerlash yordamida amalga oshiriladi. Bu tolalardan yuqori 
tezlikli tizimlarda, shunigdek oraliq punklar soni kam bo‘lgan signallarni uzoq masofalarga 
uzatishda qo‘llaniladi. 2-rasmda turli tolalar uchun xromatik dispersiya qiymatlarini to‘lqin 
uzunligiga bog‘liqligi keltirilgan. 
Uzatish liniyasining xromatik dispersiya qiymati quyidagilarga sezgir: 
• tandem bog‘lanishlar sonini va uzatish liniyasi uzunligini oshishiga; 
• uzatish tezligini oshishiga. 
WDM to‘lqin bo‘yicha (spektr bo‘yicha) zichlashtirilgan tizimlarda xromatik 
dispersiyaga quyidagilar ta’sir qiladi: 
• kanallar orasida qadamni kamayishi; 
D, пс/нм·км 
, нм
-40
-32
-24
-8
0
8
16
24
32
40
-16
1100
1200
1400
1500
1600
1300
1
2


• kanallar sonini oshishi. 
Xromatik dispersiyani kamaytirish uchun dispersiyani kompensatsiyalash 
usullaridan foydalaniladi. 
Qutblangan moda dispersiyasi 
 
Bir modali optik tolalarda asosan bitta asosiy moda uzatiladi. Biroq, qutblanishni 
hisobga olsak bir modali tolalarda ikkita moda uzatiladi. Ular boshlang‘ich asosiy 
modaning o‘zaro perpendikulyar qutblangan ikki tashkil etuvchilaridir. Bu tashkil 
etuvchilaridan biri dominant hisoblanib, gorizontal X o‘qi bo‘ylab, ikkinchisi vertikal 
yuzadan Y o‘qi bo‘ylab tarqaladi. X o‘qidan uzatilgan moda Y o‘qidan uzatilgan modaga 
nisbatan tez yetib borgani uchun X o‘qini “tez uzatadigan o‘q”, Y o‘qini “sekin uzatadigan 
o‘q” deyiladi. 
Signal ideal aniq geometriyaga ega toladan uzatilganda edi, modalar qabul qiluvchi 
punktga bir xil tezlikda, bir xil vaqtda yetib borardi. Lekin, amaliyotda tolaning geometrik 
noidealligi, shuningdek turli mexanik va optik omillar tufayli sindirish ko‘rsatkichlarining 
assimetriyasini yuzaga kelishi sababli ikki o‘zaro perpendikulyar qutblangan modalar vaqt 
bo‘yicha turlicha kechikishi natijasida turli tezliklarda tarqaladi. Tola chiqishida 
boshlang‘ich signalni asosiy modasi buzilgan xolda yetib keladi. Ikki o‘zaro 
perperdikulyar qutblangan tashkil etuvchi modalarni turli tezliklarda tarqalishidan 


boshlang‘ich signalni buzilgan xolda qabul qilinishi qutblangan moda dispersiyasi (QMD) 
hisoblanadi.
Qutblangan moda dispersiyasi (QMD)ni hosil bo‘lishiga asosiy sabab bu tola o‘zagining 
geometriyasini buzilishi, noidealligidir. Tola o‘zagini noidealligi (ovalligini buzilishi), tola 
geometriyasining o‘zgarishi ishlab chiqarish yoki foydalanish jarayonlarida yuzaga keladi. 
Shuningdek, qutblangan moda dispersiyasini hosil bo‘lishiga olib keladigan tola 
geometriyasining o‘zgarishiga tolani bukilishlari, tolani jo‘natish uchun maxsus 
g‘altaklarga o‘rash, so‘ng uni yotkazishdagi mexanik harakatlar ham ta’sir qiladi. Bu 
harakatlar tola deformatsiyasiga olib keladi va tolani profilini yoki o‘zakni qobiq 
markazida joylashuvini buzadi.
Qutblangan moda dispersiyasi pikosekundda (ps) da o‘lchanadi. Tola defektlarini
qo‘shilishi va qutblangan moda dispersiyasi bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishi natijasida 
seksiyadan seksiyagacha signal yetib borguncha qutblangan moda dispersiyasi oshib 
boradi. Tolani xarakterlovchi bunday xoldagi qutblangan moda dispersiyasi ps/nm
-1/2
da 
o‘lchanadi. Bir necha seksiyalardan iborat trassa uchun har bir uchastkalarga mos keluvchi 
qutblangan moda dispersiyalarini o‘rtacha kvadratik yig‘indisini qo‘llash kerak. 
Tolali optik aloqa tizimlariga qutblangan moda dispersiyasini ta’siri ushbu xollarda 
oshadi:
kanalda uzatish tezligi oshganda; 
regeneratorlar orasidagi masofa uzaytirilganda; 
kanallar soni oshganda (DWDM)- zich spektr bo‘yicha zichlashtirilgan texnologiya 
qo‘llanilganda.
Tolani ishlab chiqarish jarayonini qat’iy nazoratga olish bilangina qutblangan moda 
dispersiyasi qiymatini kamaytirish mumkin.


Download 302.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling