O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I


 M uam moli va funksional yo'naltirilgan protsessorli kompyuter tizim la r i


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/70
Sana22.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1794280
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
Bog'liq
Kompyuter tizimlari va vositalari

3.6. M uam moli va funksional yo'naltirilgan protsessorli kompyuter tizim la r i
Yuqon unumdorlikka ega bo’lgan, umumiy ishlarga mo’ljallangan tizim lar
mikroprotsessor komplektlari asosida yaratiladi. Bunday tizimlarda bir xil tipdagi
protsessorlardan (umumiy ishlarga mo’ljallangan EHM protsessorlariga o ’xshash)
foydalanish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Chunki har bir
protsessorda, har bir vaqt ichida, bir tipdagi m a'lumotlarga ishlov berishni ta'm inlovchi
resurslaming 
bir 
qismidan 
foydalaniladi. 
Umumiy 
ishga 
mo’ljallangan
mikroprotsessorli tizimlami yaratishdagi tejamli usul bo’lib, muammoli va funksional
mo’ljallangan protsessorlardan foydalanish hisoblanadi. Ular aniq bir funksiyalarni
amalga oshirishga mo’ljallangan bo’ladi, ya'ni skalyar kattaliklarga ishlov berish,
matnlarga ishlov berish, ma'lumotlami boshqarish, matritsali ishlov berish va 
boshqalar.
Turli tipdagi protsessorlar asosida yaratilgan, aniq bir funksiyani amalga oshirishga
mo ljallangan mikroprotsessorli KTlari funksional taqsimlangan KTlari (FTKT) deb
ataladi. FTKT turli tuzilishdagi tizimlar bo’lib, ular ishlov berilishi kerak b o ’lgan
talablanga mos keluvchi, tarkibiga muammoga yo’naltirilgan protsessorlarni kiritish 
yo’li bilan yaratiladi.
FTKTm strukturali tashkil qilish tamoyilini ko’rib chiqamiz. (3.10-rasm) Tizim
individual xotiraga va asosiy xotiraga ega bo’lgan protsessorlar to’plamidan tuzilgan.
Hamma qurilmalami axborotli bog'lab turuvchi tizimning yadrosi mavjuddir.
Tizimning yadrosi tizimli shina (magistral), kommutatsion maydon yoki asosiy
xotiraning kommutatori ko’rinishida bo’lishi mumkin. Dastlabki ikki holatda har bir
protsessor boshqa xohlagan protsessorlar bilan va asosiy xotira bilan m a'lum ot 
almashishi mumkin
Asosiy xotira kommutatoridan foydalanilganda esa ma'lumot almashish faqat 
xotira orqali amalga oshiriladi. 3.9-rasmda keltirilgan strukturada boshqaruvchi 
protsessor barcha resurslar va masalalami boshqaruvchi supervizorli funksiya vazifasini 
bajaradi, ishlov beruvchi protsessor sonli va belgili ma'lumotlarga ishlov berish uchun, 
matritsali protsessor esa, matritsali va vektorli ishlov berish uchun, til protsessori 
dasturlami translyatsiya qilish uchun ishlatiladi.
91


3.10-rasm. Funksional-taqsimlangan KT
Bulardan tashqari ma'lum otlar bazasi protsessori, ma'lumotlar to’plamiga murojaat 
qilish, ma'lumotlar bazasini boshqarishni ta'minlaydi, kiritish-chiqarish protsessori 
kiritish-chiqarish qurilmasiga xizmat ko’rsatadi, telekommunikatsion protsessor esa 
bog'lanish 
kanali 
orqali 
axborot 
uzatishni 
ta'minlaydi. 
Konkret tizimdagi 
protsessorlaming tarkibi tizimda yechiladigan masala sinfiga bog'liq bo’ladi. Masalan, 
tizimda ikkita ishlov beruvchi protsessor va bir qancha telekommunikatsion 
protsessorlardan foydalanilgan bo’lishi mumkin.
Har bir masalaga ishlov berish protsessorlar o’rtasida taqsimlanadi. Masalaning 
turli qadamlari, dasturlar va dastur shoxchalari yordamida ishlov beruvchi, matritsali va 
til protsessorlarida bajariladi. Resurslami masalalararo taqsimlanishi va masala 
yechilishini boshqarish, operatsion tizimning boshqaruvchi dasturini tashkil etadigan 
boshqaruvchi protsessor orqali amalga oshiriladi.
Protsessorlami maxsuslashtirish turli darajalarda amalga oshiriladi: struktura 
darajasida, mikro dastur darajasida va dastur darajasida.
Struktura darajasida maxsuslashtirish protsessoming operatsion qismida, ma'lumot 
operatsiyalar to’plamini bajaruvchi registrlar strukturasidan va mikrooperatsiyalardan 
foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Mikrodasturli darajada maxsuslashtirish
92


ma lumot funksiyalar to’plamini hisoblashga mo’ljallangan 
maxsuslashtirilgan 
operatsiyalar to’plamiga ega mikrodasturlar yordamida yaratishga olib keladi. Dasturlar 
darajasida protsessorlami funksional maxsuslashtirish, protsessorga mos dasturlar 
to’plamini yuklash orqali amalga oshiriladi.
FTKTda uch xil darajada protsessorlami maxsuslashtirishdan foydalaniladi. Ishlov 
beruvchi va matritsali protsessorlar maxsuslashtirilgan strukturaga ega, ya'ni ishlov 
beruvchi protsessorlar mantiqiy qiymatlar, butun va xaqiqiy sonlar ustida operatsiyalar 
bajansh uchun, matritsali protsessorlar esa, vektorli va matritsali operatsiyalar 
bajanshga mo’ljallangan. Boshqa protsessorlar mikrodasturlar va dasturlar darajasida 
funksional maxsuslashtiriladi.
Muammoga yo’naltirilgan protsessorli KTini tashkil qilishning funksional 
taqsimlangan tamoyili SYMBOL, SYSTEM/89(80) tizimlarida o’matilgan.
SYMBOL tizimi bir turda bo’lmagan sakkizta protsessorli tizim bo’lib, vaqtni 
bo laklash rejimida terminallar bilan ishlashga mo’ljallangandir. Tizim 
8
ta funksional 
mo’ljallangan protsessorlardan, diskli xotira buferi sifatida esa tezkor xotira qurilmasiga 
ega virtual xotira tizimidan tuzilgan bo’lib, bir vaqtda 31ta mustaqil terminallar bilan 
aloqa qilishni ta minlaydi. Supervizor protsessori tizimni ishlashini boshqarib, qolgan 
protsessorlarga buyurtmalar uchun navbatlar tashkil qilishni, protsessorlami masalalar 
uchun taqsimlashni ta'minlaydi. Qolgan protsessorlar oddiy funksiyalarni bajaradi. 
FTKT SYSTEM/89(80) IBM firmasi tomonidan AQShda yaratilgan bo'lib, uning 
soddalashtinlgan struktura sxemasi 
3.10-rasmda keltirilgan. Tizimda 
8
tadan 16 
gacha, asosiy xotira va to’g'ridan-to’g'ri boshqarish interfeysi orqali o’zaro 
bog'lanuvchi protsessorlardan foydalanish mumkin.
SYSTEM 89 tizimi o’z tarkibiga, xizmat ko’rsatuvchi protsessomi, til 
protsessorini, kiritish-chiqarish va ishlov bemvchi protsessomi, asosiy xotira, fayl 
protsessori va kommutatomi birlashtiradi.
Xizmat ko’rsatuvchi protsessor tizimning boshqarish pulti ishlashini ya'ni 
rejalashtirishni, nazorat va diagnostika qilishni ta'minlaydi.
Kiritish-chiqarish protsessori tashqi qurilmalarga xizmat ko’rsatib, kiritilayotgan va 
chiqarilayotgan ma'lumotlargadastlabki ishlov berishni bajaradi.


Ishlov 
beruvchi protsessor 
EHMning markaziy 
protsessori 
bajaradigan 
operatsiyalarni bajaradi. Til protsessori yuqori darajali til vositalarida yozilgan 
dasturlarni mashina tiliga translyatsiya qilishga mo’ljallangan. Fayl protsessori 
ma'lum otlam i boshqarib, turlicha tashkil etilgan to’plamlarda saqlanayotgan 
ma' lumotlarga murojaat qilishni tashkil qiladi. Har bir protsessor o'zining xususiy 
xotirasiga ega. Protsessorlaming funksional mo'ljallanishi, protsessorlar to'plamiga 
mikrodasturlami yuklash yo'li bilan mikrodasturlar darajasidata minlanadi. Tizimga bir 
qancha kiritish-chiqarish protsessorlari, matritsali ishlov berish protsessorlari ulanishi 
mumkin, ya'ni uni kengaytirish imkoniyati mavjuddir.
FTKT dan turli strukturali ma'lumotlar ustida, katta funksiyalami amalga 
oshirishda, butun sonli qiymatlar, haqiqiy sonlar, grafikli axborotlar va tasvirlar
matnlar, matritsali ishlov berish, dasturlarni translyatsiya qilish, ma lumotlarga 
murojaat qilish kabilami amalga oshirishda foydalaniladi.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling