O ’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti fizika – matematika fakulteti Fizika ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 120 (301)
Download 1.35 Mb.
|
Rajabov Sardor1110
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifasi.
- Kurs ishining dolzarbligi.
- I BOB. YADRO KUCHLARI XUSUSIYATLARI 1.1. Dastlabki ma’lumotlar
Kurs ishining maqsadi. Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarini tadbiq etish orqali dars samaradorligini oshirish, eng maqbul pedagogik metodlardan foydalangan holda o‘quvchilarga fan asoslarni sodda va tushunarli, puxta o‘rgatish masalasi ta’lim tizimidagi eng dolzarb muammolardan biridir. Chunki, shiddat bilan rivojlanayotgan bu davrda ta’lim tizimiga ham yangicha yondoshuv zarur, shundagina yetuk malakali kadrlarni tayyorlash imoniyati yanada oshadi.
Kurs ishining vazifasi. Ushbu kurs ishida zamonaviy kompetensiyalar tanlab olinib, uning dars samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatilgan hamda undan fizikani o‘qitish jarayonida foydalanish “Yadro fizikasi” bo’limi misolida metodik jihatdan ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, bu mavzuni o‘qitishda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, turli ko‘rgazmali materiallardan foydalanish bo‘yicha bir qator namunalar keltirilgan. Kurs ishining dolzarbligi. Kurs ishini tayyorlash jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar va ularni fizika ta’limi jarayoniga qo‘llash bo‘yicha bir qancha adabiyotlar qiyosiy tahlil etildi va fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib amaliyotda qo‘llash olish ya’ni kompetentlikka alohida e’tibor berildi. I BOB. YADRO KUCHLARI XUSUSIYATLARI 1.1. Dastlabki ma’lumotlar Atom yadrosi – nuklonlardan – protonlar (p) va neytronlar (n)dan tash-kil topgan atom oʻzagi. Atom yadrosining xususiyatlarini oʻrganishda yadro kuchlari katta ahamiyatga ega boʻladi. Atom yadrosida gravitasion va elektromagnit kuchlar ta’siri kam boʻlsa ham Atom yadrosi xossalariga ta’siri boʻladi. Yadro kuchlarining ta’sir radiusi juda kichik. Yadro kuchlari yadroning spiniga va izotop spiniga bogʻliq. Atom yadrosining butun xususi-yatlarini oʻz ichiga oladigan yagona nazariya yaratilgan emas, chunki yadro strukturasi va kuchlari toʻliq o'rganilmagan. Undan tashqari yadrodagi nuklonlar harakatini aniqlovchi tenglamalarni matematika nuqtai nazaridan yechish mumkin emas. Atom yadrosining xossalarini oʻrganishda turli modellar tatbiq qilinadi. Har qaysi model Atom yadrosining ma’lum xossalarini aks ettirgan holda ba’zi xossalarini tushuntirishda qarama-qarshiliklarga olib keladi. Masalan Atom yadrosining yemirilish xususiyatini gidro-dinamik model bilan yaxshi tushuntirilsa, magik yadrolar holatlarining xususiyatlarini tushuntirish mumkin emas, aksincha, krbiklar modeli bilan magik yadrolar holatlarini yaxshi tushuntirilsa, yemirilish hodisasini tushuntirish mumkin emas va hokazo . Atom yadrosi tuzilishi va xossalarini tajriba yerdamida oʻrganish uchun xilma-xil yadro hodisalari: zarralarning Atom yadrosidan elastik va elastikmas sochilishlari, yadro reaksiyalari, tabiiy va sun’iy radioaktiv nurlanish, yadro yemirilishi va hokazolardan foydalaniladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling