O ’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti sirtqi bo’lim psixologiya fakulteti pedagogika va psixologiya ta’lim yo’nalishi rivojlanish psixologiyasi va pedagogika psixologiya fanidan kurs ishi


Download 425.45 Kb.
bet10/14
Sana21.06.2023
Hajmi425.45 Kb.
#1645500
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Abdumajidova Zilola Kurs ishi

Kasbga yo'naltirish — shaxsning ijtimoiy taqdirini belgilashning tarkibiy qismidir. Kasb tanlash hayot mazmuni haqidagi o'ylari va shaxsiy ≪Men≫ tabiati bilan mos kelganda muvaffaqiyatli hisoblanadi. Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti talabalarida Z.T.Nishanova rahbarligida o'tkazilgan D.Xodjakulova tadqiqotlarida so'ralganlarning yarmisi yana shu kasbni tanlashlarini ta’kidlab, tasdiq javobini berishgan, uchdan bir qism talabalar esa ikkilanishlarini bayon etishgan. Talabalarda kasbiy yo'nalganlikning shakllanishi va rivojlanishi jarayoniga faol maqsadga muvofiq ta ’sir ko'rsatish uchun quyidagilarni tavsiya etish mumkin:
1. Oliy o'quv yurtidagi ta ’lim jarayonida har bir talabaning barqaror kasbiy yo'nalganligi shakllanishiga yordam berish uchun ta ’limning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan psixologik fenomenlar majmuyini hisobga olish zarur.
2. Oliy ta ’lim davomida har bir talabaga individual yondashuvni amalga oshirmoq, kasbiy yo'nalganlik imkoniyatlaridan kengroq foydalanish lozim.
3. Talabalarning anchagina qismi kasbni anglamay tasodifan tanlaganliklarini hisobga olib, oliy o'quv yurtidagi ta ’lim jarayonida talabalarda dunyoni kasb nuqtayi nazaridan ko'rishni shakllantirishga yo'naltirilgan tadbirlar tizimini tavsiya etish mumkin.
4. Ko‘pchilik talabalar hozirgi zamon masalalari bilan aloqasi borligi, ilmiylik, muammolilik, bilimining chuqurligi, ta ’limda ko'rsatmalilik va texnika vositalarining qo‘llani 1 ishini mutaxassislik fanlarini o ‘qitishdagi ijobiy jihatlar sifatida ta’kidlangani bois, darslarni jonli, yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda qiziqarli qilib o'tishlarini o ‘qituvchilarga tavsiya etgan.
5. Talabalarda kasbiy yo'nalganlikni shakllantirish uchun kasb professiogrammasi va psixogrammasi bilan tanishtirish hamda kasbiy muhim xislatlarni psixologiya darslarida amaliy mashg‘ulotlarda hamda tarbiyaviy soatlarda guruh murabbiylari
yordamida rivojlantirishni tavsiya etilgan.
E.N.Sattarov rahbarligida S.N.Jo‘rayeva tomonidan talaba shaxsiga kasbiy shakllanish ta ’sirining psixologik jihatlari o‘rganildi.Tadqiqotda shaxsning kasbiy faoliyatga mutanosibligini belgilovchi psixologik xususiyatlar va omillar aniqlandi, talabalarning oliy o‘quv yurtiga kirishida ta ’lim yo‘nalishlarini tanlashlariga
sabab bo’luvchi psixologik omillarning roli aniqlandi, shaxs xususiyatlarining kasbiy faoliyatga mutanosibligini ta’minlashga xizmat qiluvchi kasbiy motivlar, ustanovkalar va yo‘nalganlikning o‘rni aniqlangan.
A.X.Ubaydullayev tomonidan “Yoshlarni kasbga yo‘llashda aksidental qobiliyatlarni diagnostikasi” 8nomli ilmiy tadqiqotida “xavf-xatar hissi” va “xavfsiz psixomotorika” kabi tizimlarni o‘z ichiga olgan aksidental qobiliyatlar konsepsiyasining nazariy va amaliy ahamiyatliligi ko‘rsatilgan. Aksidental qobiliyatlar individual me’yorda ifodalangan, faoliyat xavfizligini ta ’minlashda
o‘ziga xos namoyon bo‘luvchi bilish va psixomotor jarayonlar faoliyatini ta’minlovchi funksional sistemalar xususiyatlari tushuniladi.
O'zbekiston psixologlari tadqiqotlarida yuqori sinf o'quvchilarida o'quv faoliyatini boshqarish masalalariga ham e ’tibor qaratilgan bo'lib, jumladan Sh.V.Azizova o'quv faoliyatini yuqori sinf o'quvchisi tomonidan boshqarish imkoniyati bir necha omilga bog'liq ekanini ta ’kidlaydi:
a) o'quvchilar tomonidan egallangan, umumlashgan ta ’limiy
usullar tizimi va xususiyatiga;
b) o'quvchilar o'quv faoliyati individual uslubining mavjudligiga;
d) ijtimoiy va shaxsiy-amaliy tajribaning ko'lamiga;
e) har qaysi ta ’limiy usulning anglanganlik darajasiga.

Download 425.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling