O ’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti sirtqi bo’lim psixologiya fakulteti pedagogika va psixologiya ta’lim yo’nalishi rivojlanish psixologiyasi va pedagogika psixologiya fanidan kurs ishi


II BOB. O’spirinlik davrida yetakchi faoliyat


Download 425.45 Kb.
bet8/14
Sana21.06.2023
Hajmi425.45 Kb.
#1645500
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Abdumajidova Zilola Kurs ishi

II BOB. O’spirinlik davrida yetakchi faoliyat.
D.B.Elkoninning va A.N.Leontevning ta ’kidlashicha, o'quv kasbiy faoliyat o'spirinlik davrida yetakchi faoliyat hisoblanadi. D.I.Feldshteynning fikricha, o'spirinlik davrida o'qish va mehnat asosiy faoliyat turlari sifatida shaxsning taraqqiyotini belgilaydi. Boshqa psixologlar esa kasbiy o'z-o'zini belgilashni ilk o'spirinlik davrida yetakchi faoliyat sifatida ko'rsatadilar. I.V.Dubrovina bu holatga aniqlik kiritadi, maktabni tugatgan paytda kasbiy o'z-o‘zini belgilash haqida gapirish erta, chunki unda faqat istak, haqiqatda amalga oshmagan kelajak rejalar mavjud bo‘ladi. Ilk o‘spirinlar shaxsining taraqqiyotida ijtimoiy foydali mehnatning roli katta. Ilk o‘spirinlar mehnati faqat o‘zining moddiy natija berishi tomoni bilangina muhim emas. Bu yoshdagilarning mehnatini to'g'ri tashkil etish shaxsning kollektivizm, umum foydasi uchun qilinadigan mehnatga muhabbat, tashabbuskorlik, maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik, qat’iyatlilik singari sifatlarini tarkib toptirishga yordam beradi. 0 ‘quvchilar umumiy mehnatda qatnashar ekanlar, mehnatni va mehnat kishilarini hurmatlash tuyg'usini hosil qiladilar, ularda mehnat qilish ehtiyoji va istagi paydo bo‘ladi.
2.1. Kompitentlikning o’spirin shaxsi hayotida tutgan o’rni
“Kompetentlik” – bu talabaningshaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalaming egallanishi hamda ularning kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan ifodalanadi.




Kompetentlikni baholashda alohida olingan biror-bir layoqatlilik darajasini emas, balki inson tomonidan shaxsiy ahamiyatga ega bо‘lgan maqsadlarga erishish uchun sarf qilinadigan uzoq vaqt davomida turli xildagi vaziyatlarda namoyon qilinadigan kompetentliklarning tо‘liq tо‘plamini nazarda tutish kerak bо‘ladi. Bunda inson duch kelgan muayyan vaziyat uning rivojlanishiga, qadriyatlarining shakllanishiga va yangi kompetentliklarni egallashiga bevosita ta’sir etadi.
Kompetentlikning mavjudligi inson mehnatining natijasiga qarab aniqlanadi. Har bir mutaxassisning kompetentlilik darajasi, uning bajargan ishi shu kasbiy faoliyatning yakuniy natijasiga qо‘yiladigan talablarga qay darajada javob berishiga qarab belgilanadi. Kompetentlik – kasbiy tayyorgarlikning umuman yangi sifati bо‘lib, uning о‘ziga xos tomonlari shuki, kompetentli mutaxassisning bilimlari tezkor va harakatchan bo‘lib, ular doimo yangilanib turadi. Muammoning mazmunini tushunishning о‘zi yetarli bо‘lmay, uni jihatdan maqbul usullar bilan yecha bilish kerak, shu bilan birga, kompetentlik maqbul yechimlarni tanlay bilish, qarorni asoslab bera olish, notо‘g‘ri yо‘llarni chiqarib tashlash, ya’ni tanqidiy fikrlay olishni taqozo etadi.



    1. Download 425.45 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling