O ’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti sirtqi bo’lim psixologiya fakulteti pedagogika va psixologiya ta’lim yo’nalishi rivojlanish psixologiyasi va pedagogika psixologiya fanidan kurs ishi


Shpranger o‘spirinlikni ikki davrga bo’ladi


Download 425.45 Kb.
bet5/14
Sana21.06.2023
Hajmi425.45 Kb.
#1645500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Abdumajidova Zilola Kurs ishi

Shpranger o‘spirinlikni ikki davrga bo’ladi:
Birinchi davr 14—17 yoshlarda vujudga keladigan inqiroz o‘spirinlarda
o‘zlarini kattalarning bolalarcha munosabati doirasidan qutulish tuyg‘usi paydo bo’lishidan iboratdir.
Ikkinchi davr 17—21 yoshlilarning asosiy xususiyati ularda tengqurlaridan «ajralish» inqirozi va tanholik istagining paydo bolishidir. Bu holat tarixiy shart- sharoitlardan kelib chiqadi. Shpranger ilk o‘spirinlarda o‘z-o‘zini anglash va qadriyatlar yo‘nalganligiga asos solgan. Bu yo‘nalishni keyinchalik K.Byuler, A.Maslou va boshqalar davom ettirganlar.
Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj.Kelli, L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalarni kiritish mumkin. J.Piajening intellekt nazariyasi aql-idrok funksiyalari hamda uning davrlari haqidagi ta’limotni o‘z ichiga oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik va
moslashish, ko'nikishdan iborat bo'lib, aql-idrokning funksional invariantligi deb yuritiladi.
U intellektni quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi:
1) sensomotor intellekt (tug‘ilishdan 2 yoshgacha);
2) operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan 7 yoshgacha);
3) konkret operatsiyalar davri 7—8 yoshdan 11—12 yoshgacha);
4) rasmiy operatsiyalar davri.
Hayotiy istiqbol rejalarni qurish, kelajakka yo'nalganlik o'spirin hayotining mazmuniga aylanadi. Ilk o'spirinlik davrida mustaqil hayot ostonasiga qadam qo'yish — taraqqiyotning muhim ijtimoiy vaziyatidir. 17 yoshdagi inqiroz jarayonida shaxsiy taraqqiyot subyekti sifatida insonning shakllanish vazifasi hal qilinadi. Ilk o'spirinlikdan katta o'spirinlikka o'tishda kasbiy o'z-o'zini belgilash
tugallanib, o'z-o'zini namoyon qilish amalga oshadi.

1.2. O’spirinlik davrida kommunikativ qobiliyat
O’spirinlarda qadriyatli ma’noli muloqot dominantlik qiladi. Yigit va qizlarning kattalar va ota-onalar bilan muloqoti demokratik xarakter kasb eta boshlaydi. O‘spirinning kattalar bilan muloqotining mazmuni hayot mazmunini izlash, o‘zini bilish, hayotiy rejalar va ularni amalga oshirish yo‘llari, insonlar
orasidagi shaxslarar munosabatlar, kasb egalari haqidagi muammolarni qamrab oladi. Kattalar bilan muloqot bir xil davom etmaydi, o‘zini qiziqtirgan muammoni hal qilgach, keyingi muammo bo‘yicha savollar tug‘ilguncha kamroq muloqot qilishi mumkin. Yigit va qizlar o‘ziga yaqin kattalar bilan muloqot qilishga kasb tanlash muammolariga duch kelganlarida hayotiy tajribalarini o‘rganish uchun
ehtiyoj sezadilar. Bir-birini tushunish, bir-birini qo‘llab-quvvatlashga asoslangan hamkorlik sharoitida muloqot samarali kechadi. O‘spirin uchun kattalar bilan ishonchli muloqotning mazmuni shundan iboratki, uning muammolarini tushunish,
hamdardlik bildirish va uni hal qilish uchun yordamlashishdan iboratdir. 5Muloqotdagi o‘zaro ishonch o‘spirin shaxsiga hurmat, hayotiy qiyinchiliklarni yenga olishiga ishonch bildirish — ota-ona va farzand munosabatlarida uyg‘unlikni ta’minlashning muhim asosidir. O‘spirinlik davrida muloqotga ehtiyoj kuchayadi,
muloqot vaqti ortadi, muloqot doirasi kengayadi. Muloqot doirasining kengayishi bilan muloqot chuqurlashadi va individuallashadi. Axloqiy va ijtimoiy, siyosiy hislarning rivojlanishi ayniqsa xarakterlidir. Ular odatda muayyan axloqiy talablar bilan o‘zaro to‘g‘ri munosabatda boladilar. Boshdan kechirgan his-tuyg‘ularni
anglab yetish mahorati ham rivojlanadi.
Ilk o‘spirinlik davrida do‘stlashish muammosi. Axloqiy va ijtimoiy, siyosiy hislarning rivojlanishi ayniqsa xarakterlidir. Ular odatda muayyan axloqiy talablar bilan o‘zaro to‘g‘ri munosabatda bo’ladilar. Boshdan kechirgan his-tuyg‘ularni anglab yetish mahorati ham rivojlanadi.

Download 425.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling