O ’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti sirtqi bo’lim psixologiya fakulteti pedagogika va psixologiya ta’lim yo’nalishi rivojlanish psixologiyasi va pedagogika psixologiya fanidan kurs ishi


Birinchi yo’nalish biogenetik yo‘nalish


Download 425.45 Kb.
bet3/14
Sana21.06.2023
Hajmi425.45 Kb.
#1645500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Abdumajidova Zilola Kurs ishi

Birinchi yo’nalish biogenetik yo‘nalish deb ataladi, uning asosida yetilishning biologik jarayonlari yotadi. Ikkinchi yo’nalish sotsiogenetik yo’nalish deb ataladi, unda asosiy e’tibor ijtimoiylashuvga qaratiladi. Uchinchi yo‘nalish psixogenetik deb atalib, uning asosida psixik jarayonlar va funksiyalarning rivojlanishi yotadi.
Taraqqiyotning biogenetik nazariyalarida rivojlanishning biologik
determinantlariga asosiy urg‘u beriladi. Rivojlanish jarayonining o‘zi bosqichlari universal bolgan yetilish sifatida talqin etiladi. Bu yo‘nalishning yorqin namoyandalaridan biri XX asr amerikalik psixolog S.Xolldir. Uning ta’kidlashicha,
rivojlanish psixologiyasining asosiy qonuni biogenetik «rekapitulyatsiya qonuni» hisoblanadi, unga kola individual rivojlanish, ontogenez filogenezning asosiy bosqichlarini takrorlaydi. Go‘daklik rivojlanishning hayvonot fazalarini takrorlaydi. Bolalik qadimgi odamlarning asosiy mashg‘ulotlari ovchilik va
baliq ovlash bolgan davrga to‘g‘ri keladi. 8 dan 12 yoshgacha bo’lgan davr o‘smirlikdan oldingi davr deb ataladi, yovvoyilik tugallanib, madaniyatning boshlanishi deb ta’riflaydi. 12—13 yoshdan 22—25 yoshgacha bolgan davrni o'spirinlik deb ataladi, kattalikning boshlanishi, romantizm davri deb ataladi.
Bu davrda tashqi va ichki nizolar avj olib, insonda «individuallik hissi» paydo boladi. Holning bu nazariyasi psixologlar tomonidan tanqid qilinadi.
Biogenetik nazariyaning boshqa varianti nemis «konstitutsional psixologiya» vakillari tomonidan ishlab chiqildi. E.Krechmer va E.Yensh ba’zi biologik omillar asosida (tana tuzilishi tiplari va boshqalar) shaxs tipologiyalari muammolarini ishlab chiqib, insonning jismoniy tiplari va uning rivojlanish xususiyatlari orasida qandaydir boglanish mavjud bolsa kerak, deb taxmin qiladilar. E.Krechmer barcha insonlarni ikki tomonga joylashtirish mumkin,
bir tomonda sikloid (oson qo‘zg‘aluvchan, kayfiyati o‘zgaruvchan) ikkinchi tomonda shizoid (kamgap, hissiyotlari yorqin bo’lmagan) tiplarni joylashtirish mumkin. Krechmerning shogirdi K.Konradning ta’kidlashicha, bu tavsiflarni yosh bosqichlariga ham qo’llasa boladi: O‘smirlikdan oldingi davr «sikloid», ilk
o‘spirinlik esa «shizoid» davrga to‘g‘ri keladi. Shizoid shaxsning o‘spirinligi murakkab va og’ir kechadi, uning xislatlari individual-tipologik xususiyatlar bilan yanada chuqurlashadi. Sikloid shaxs ilk o‘spirinlik xavotirlanishlarini yengil shaklda boshidan kechiradi, bu yoshning xususiyatlari uning tipologik xususiyatlari bilan muvozanatlashadi.3
Nemis olimi V. Seller «Konstitutsiya va rivojlanish» asarida (1952) ta’kidlashicha, psixik va somatik rivojlanish orasidagi bog’lovchi zveno bola tana tuzilishining o‘zgarishi va uni anglash hisoblanadi.
Biogenetik yo‘nalish namoyandalari olimlar e’tiborini taraqqiyotning
psixik va jismoniy o‘zaro bogliqligini o‘rganishga qaratdilar.Bu psixofiziologiya uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Psixika taraqqiyotini faqat biologik qonunlar asosida tushunish muvaffaqiyatga erishmadi. Ular taraqqiyotning ijtimoiy omillarining rolini yo‘qqa chiqarib, faqat biologik omillarning rolini bo‘rttirmoqchi bo‘ldilar. Shunday nazariyalardan biri mashhur amerikalik psixolog A.Gezell nazariyasidir. U taraqqiyotda biologik omillarga urg‘u beradi. Gezellning fikricha, ilk o‘spirinlik yoshi 11 dan 21 yoshgacha davom etadi, ulardan birinchi besh yil
(lldan 16 yoshgacha) bo‘lgan davr juda muhimdir. Uning ta’kidlashicha, o‘n yil, oltin davr bo‘lib bola muvozanatli, hayotni oson idrok etadi, ota-onasi bilan muomalasi yaxshi, tashqi ko‘rinishihaqida qayg‘urmaydi. 11 yoshdan organizmda qayta qurish boshlanadi, bola ta’sirchan bo‘lib qoladi, qarshilik kolsatish (negativizm), kayfiyatning tez o‘zgarishi, tengdoshlari bilan janjallar,ota-onaga qarshi isyon paydo bo‘ladi. 12 yoshda hayotga munosabat ijobiylasha boshlaydi, o‘smirning oiladan uzoqlashishi hamda tengdoshlarining ta’siri kuchaya boradi. Bu yoshdagi asosiy xislatlar: aqllilik, chidamlilik va hazil; o‘smir bajon-u dil tashabbus bilan chiqadi, tashqi kolinishi haqida qayg‘ura boshlaydi va qarama-qarshi jins vakillariga qiziqishi ortadi. 13 yoshlilarning asosiy xislatlari — o‘smir o‘zi bilan o‘zi bolib, introvertlik xislatlari kuchayadi; o‘z-o‘zini tanqid qiladi, tanqiddan tez xafa boladi, psixologiya bilan qiziqa boshlaydi, ota-onaga ham tanqidiy munosabatda bola boshlaydi, do‘st tanlashi ham o‘zgarib boradi, somatik o‘zgarishlar kuchayganligi sababli kayfiyatning tez o‘zgarishi namoyon boladi.
14 yoshda introversiya ekstroversiya bilan almashadi, o‘smir muloqotchan, kuch-quvvatga to‘la, o‘ziga ishonchi ortgan, insonlarga va ular orasidagi farqqa qiziqish ortadi. U o‘zini boshqalar bilan solishtirishni, kino va adabiy qahramonlarga o‘zini
o‘xshatib, muhokama qilishni yoqtiradi. Gezellning ta’kidlashicha,15 yoshlilarning xususiyatlarini yagona shaklda ifodalash qiyin, chunki individual farqlar ortib boradi. Bu yoshdagi yangi psixologik tuzilma — mustaqillik ruhining ortishi bolib, bunda o‘smirning maktab va oilaga munosabati kuchayadi, tashqi nazoratdan
qochish o‘z-o‘zini nazorat qilish va ongli o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan uyg‘unlashadi. Bularning barchasi o‘smirning salbiy ta’sirlarni idrok qilish va tez xafa bolishini orttiradi. 16 yoshda yana osoyishtalik boshlanadi: isyonchilik xushchaqchaqlikka aylanadi, ichki mustaqillik, hissiy barqarorlik, muloqotchanlik,
kelajakka intilish kuchayadi. Shunday qilib, Gezellda biogenetik konsepsiya taraqqiyotning turli jihatlarini, xronologik birlashtirilgan tavsiflashga aylanadi.

Download 425.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling