O ’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti sirtqi bo’lim psixologiya fakulteti pedagogika va psixologiya ta’lim yo’nalishi rivojlanish psixologiyasi va pedagogika psixologiya fanidan kurs ishi


O’spirinlik davrida kasb tanlash muammosi


Download 425.45 Kb.
bet9/14
Sana21.06.2023
Hajmi425.45 Kb.
#1645500
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Abdumajidova Zilola Kurs ishi

O’spirinlik davrida kasb tanlash muammosi

Ilk o ‘spirinlik yoshi — mehnat hayotida o‘z -o‘zini aniqlab olish yoshi bo‘lib, bu vaqtda o'quvchi o‘zining mehnatdagi iste’dodini jiddiy ravishda izlay boshlaydi, unda o‘zining kelajakdagi kasbini belgilab olish intilishi paydo bo'ladi. O'smirlardan farqli ravishda ilk o'spirinlar kasbni o'ylab tanlaydilar, nima uchun shu kasbni tanlaganliklarini asoslab beradilar. Ularning ko‘plari o'zlarining individual jismoniy va psixik xususiyatlarini biror kasb kishisiga qo'yiladigan talablar bilan taqqoslamoqchi boiadilar. Buning natijasida ilk o'spirinlar amaliy jihatdan masalaga yaqinlashib qoladilar va o'z qiziqishlari hamda imkoniyatlarini hisobga olib, haqiqiy kasblarni tilga ola boshlaydilar.
Ming-minglab kasblar bor, lekin muayyan mehnat turiga individual
moyillik bilan unga bo'lgan qobiliyat va uning ijtimoiy ahamiyatiga yuqori baho berish birga qo'shilib ketgan vaqtdagina chin yurakdan tanlangan kasbgina kishiga ma’naviy qoniqish va jamiyatga foyda keltiradi. Ilk o'spirinlar uchun xarakterli xususiyat— kasblarga keskin tanlab munosabatda bo'lishdir. Ular ayrim kasblarni yuksak baholaydilar, o'quvchilarning ko'z o'ngida bu kasblarning ijtimoiy mavqei ulug'dir. Boshqa kasblarning ijtimoiy mavqei juda past. Kasbiy niyatlarning barqarorligini o'rganish yuzasidan N.I.Krilov o'tkazgan tekshirish shuni ko'rsatdiki, hatto o'z niyatlarini amalga oshirib, oliy o'quv yurtiga kirgan talabalar orasida ham ko'plari o'zlarining kim bo'lishlarini oxirigacha hal qilmaganlar. Bunga sabab yoshlarni mazkur oliy o'quv yurtiga olib kelgan kasb haqidagi tasavvur bilan bu kasbning haqiqiy, amaliy mazmuni o'rtasidagi nomuvofiqlikdir. O'zining kasb tanlash bo'yicha taqdirini tasodifan hal etish murakkab kechinmalarga, tanlagan kasbi sohasida ikkilanishlarga, og'ir ichki nizolarga olib kelishi mumkin. Bu esa yigit va qizlar uchun ham, jamiyat uchun ham katta zarar keltiradi.7
Kasb tanlash nimaning ta ’siri ostida ro'y beradi? Bunday tanlashning motivlari nima? Ko'pdan ko'p materiallar maktab o'quvchilarida o'zlarining
kelajakdagi kasblariga qiziqishni tarbiyalashda maktab va o'qituvchilarning ma’lum darajada rol o'ynashini ko'rsatadi. Bir qancha tadqiqotlarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, so'rab chiqilgan o'quvchilarning 40—50% kelajakdagi kasbni tanlashga biror o'quv predmetiga bo'lgan qiziqishlari sabab bo'lganligini aytadi. Ko'pgina o'quvchilar xalq xo‘jaligi uchun zarur bo'lgan kasblarni tanlaydilar, bunga Vatanga foyda keltirish istagini sabab qilib ko‘rsatadilar, lekin bu kasblarni o‘zlarining individual xususiyatlariga, qobiliyatlariga muvofiq keladi, deb hisoblamaydilar.
Ilk o‘spirinlarning ko'pchiligi kasb tanlashga motiv qilib o‘z qobiliyatlarini
ko'rsatadilar. Ko'p o'quvchilar esa oilaviy an’analarning mavjudligini, moddiy-maishiy ta’minlanganlik sababini, do‘stlar va o'rtoqlaridan namuna olganligini motiv qilib ko'rsatib o'tadilar. Ayrim hollarda ish joyi yoki oliy o‘quv yurtining yashash joyiga yaqinligi va boshqalar motiv bo’gan.
Ilk o'spirinlarning qiziqishlarini xarakterlaganda avvalo shuni aytish kerakki, yigit va qizlar odatda xuddi shu yoshda biror fanga, bilim tarmog'iga, faoliyat sohasiga bolgan o'zlarining qa t’iy spetsifik qiziqishlarini belgilab oladilar. Ilk o'spirin yoshidagi bunday qiziqish shaxsning bilish-professional yo'nalishining tarkib topishiga olib keladi, yigit yoki qizning maktabni tamomlagandan keyin qanday kasb tanlashini, hayot yo'lini belgilab beradi.Ana shunday maxsus qiziqishning mavjudligi muayyan sohadagi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga doimiy intilishni rag‘batlantiradi: katta maktab yoshidagi o'quvchi zarur adabiyot bilan aktiv ravishda tanishib boradi, tegishli to'garaklarda bajon-u dil shug‘ullanadi.
Ilk o‘spirinlik yoshida bilishga oid qiziqishlar tobora keng,qat’iy va amaliy xarakter kasb etadi. O‘quvchilarning qiziqishlari keng va xilma-xil bo'lib boradi: texnikaga, tabiyotga, ijtimoiy-siyosiy masalalarga, falsafiy-axloqiy masalalarga, sportga qiziqish ortadi.
Insonning hayot yo'li turli-tumandir. Ilk o‘spirinlikda inson hayot yolini o‘zi tanlaydigandek tuyuladi, lekin uning kasb tanlashiga tarbiya, muhit va boshqalar ham ta ’sir qiladi. Kasb-hunar kolleji yoki litseyni bitirgandan so‘ng shaxsiy bo'lmagan tashqi omillarning ta’siri yanada kuchli bo‘ladi. V.N.Shubkinning ta’kidlashicha, biz tanlaydigan yo‘llardan boshqa bizlarni tanlaydigan yo‘llar ham mavjud. Oliy o'quv yurtini tugallagan yoshlar ta ’limni hayotni mazmunli va qiziqarli qilish vositasi sifatida hamma narsadan ustun qo'yishadi. Ishlaydigan yoshlar esa ta’limning mohiyatini jamiyatga ko'proq foyda keltirishda degan fikrdalar. O‘spirinlar turli kasblarni turlicha baholaydilar. 17 yoshlilar kasblarni kontrast “oq-qora”, mavhum deb baholasalar, 25 yoshlilar o'zlarining hayot yo'llari bilan baholaydilar. Muvaffaqiyatli kasbga yo‘naltirishning muhim shartlaridan biri o'quvchilarning mehnatga to'g'ri munosabatda bo'lishi va ularning faolligidir.

Download 425.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling