O ’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti sirtqi bo’lim psixologiya fakulteti pedagogika va psixologiya ta’lim yo’nalishi rivojlanish psixologiyasi va pedagogika psixologiya fanidan kurs ishi


Download 425.45 Kb.
bet4/14
Sana21.06.2023
Hajmi425.45 Kb.
#1645500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Abdumajidova Zilola Kurs ishi

Sotsiogenetik nazariyalarda ilk o‘spirinlik xususiyatlari jamiyatning
tuzilishidan, ijtimoiylashuv usullaridan, boshqalar bilan o‘zaro ta’sir xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ilk o‘spirinlikniolganishda sotsiogenetik yo‘nalish ijtimoiy psixologiyaning ta’siri bilan bogliq. Nemis psixologi K.Levinning «maydon nazariyasi» bo‘yicha insonning xulq-atvori, bir tomondan shaxsning,
ikkinchi tomondan uni olab turgan muhitning funksiyasidir. Lekin shaxs xususiyatlari va muhit xislatlari o‘zaro bogliq. Bola oiladan, maktabdan tashqarida mavjud bola olmaydi, chunki bu ijtimoiy institutlar alohida olingan individlarsiz bolishi mumkin emas. Levin shaxsiy va muhit tarkibiy qismlarining birligi va o‘zaro ta’sirini hayotiy yoki psixologik fazo deb ataydi. Olish davrining muhim jarayonlari sifatida Levin shaxs hayotiy dunyosining, muloqot doirasining kengayishi deb hisoblaydi. Ilk o‘spirinning xulq-atvori o‘zgaruvchandir. Bolalikdan kattalikka olgan o‘spirin, toliq unisiga ham, bunisiga ham kirmaydi. Uning hayotiy dunyosi va ijtimoiy vaziyatdagi bu xususiyati intilish darajasining noaniqligi, ichki qarama-qarshilik, kuchli tortinchoqlik va agressivlik kabi psixikasining holatlarida namoyon bo‘ladi.Bunday nizolar qanchalik ko‘p bolsa, bolalar dunyosi va kattalar dunyosi orasida farq shunchalik ko‘p boladi.
Levin konsepsiyasining yutug’i shundaki, u o‘spirinlikni ijtimoiy-
psixologik hodisa sifatida qaraydi, shaxsning psixik taraqqiyotini uning ijtimoiy holatining o‘zgarishi bilan boglaydi. Ilk o‘spirinlik biogenetik va sotsiogenetik yo‘nalishlarining umumiy xususiyati shundaki, taraqqiyotning manbaalari va harakatga keltiruvchi kuchlarini ular psixik omillardan tashqarida izlaydilar. Birinchi holda organizmda ro‘y beradigan biologik jarayonlarga urg‘u beriladi, ikkinchisida shaxs ishtirok etadigan ijtimoiy jarayonlarga urg‘u beriladi.
Psixogenetik yo‘nalish har ikkala yo‘nalishning ahamiyatini kamaytirmagan holda, psixik jarayonlarning rivojlanishini birinchi olinga qo‘yadi. Bu yo'nalishni uchga bo’lib o’rganish mumkin. Ular:

  1. Psixodinamik nazariya;

  2. Persodinamik nazariya;

  3. Kognitiv – geneik nazariya.

Xulq-atvorni hissiyot, mayl va boshqa psixikaning ratsional bo’lmagan tarkibiy qismlari bilan tushuntiruvchi nazariya psixodinamik nazariya deb ataladi. Bilish qobiliyatlari va intellektning rivojlanishiga urg‘u beriladigan konsepsiya kognitiv yoki kognitiv-genetik konsepsiya deb ataladi. Shaxsning rivojlanishiga urg‘u beriladigan konsepsiyalar personologik konsepsiyalar deb4
ataladi.
Ilk o‘spirinlik haqida psixodinamik nazariyaning yirik namoyandasi
mashhur amerikalik psixolog E.Erikson hisoblanadi.Uning falsafiy-metodologik qarashlari freydistik-psixoanalizning davomi hisoblanadi. Z.Freyd shaxs taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi biologik jinsiy mayl («libido») deb hisoblaydi. Eriksonning ta’kidlashicha, insonning rivojlanishi, o‘zaro bog’liq
uch jarayondan iborat: biologiya olganadigan jismoniy taraqqiyot, psixologiya olganadigan ongli «Men»ning rivojlanishi, ijtimioy fanlar olganadigan ijtimoiy rivojlanish. Taraqqiyotning asosiy qonuni — «epigenetik prinsip» bolib, rivojlanishning har bir yangi bosqichida oldingi bosqichlarda bolmagan yangi hodisa va xislatlar paydo boladi. Taraqqiyotning yangi fazasiga olish «normativ
inqiroz» shaklida oladi, u tashqaridan patologik hodisaga o‘xshaydi, lekin o‘sishning normal qiyinchiliklarini ifodalaydi. Taraqqiyotning yangi bosqichiga olish oldingi bosqichga xos bo’lgan asosiy qarama-qarshilikni hal qilish asosida mumkin bo’ladi. Agar qarama-qarshilik hal qilinmasa u albatta keyin namoyon bo’ladi.
Personologik yo‘nalish vakillari, jumladan E.Shprangerning ta’kidlashicha, bu davrdagi asosiy o‘zgarishlar: shaxsiy «Men»ni kashf qilish, refleksiyaning o‘sishi, o'zining individualligini anglash va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof etish, hayotiy ezgu rejalarning paydo bolishi, o‘z shaxsiy turmushini ongli holda qurishga intilish va hokazolardir.

Download 425.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling