O’ zbekistоn Respublikasi Оliy ta`lim, Fan va innovatsiyalar Vazirligi


Iqtisodiy tahlil bilan shug’ullanuvchi sub’ektlar


Download 0.95 Mb.
bet7/9
Sana19.07.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1661035
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil-interaktiv

Iqtisodiy tahlil bilan shug’ullanuvchi sub’ektlar


Odatda, nima kerak bo’lsa, o’sha ish bilan shug’ullaniladi. Ammo har bir korxona maxsus mutasaddi shaxslar borki, ular xo’jalikni boshqarishda u yoki bu soha topshirilgan bo’ladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy tahlil bilan korxonadagi deyarli hamma mutahassislar shug’ullanadi.
Lekin shuni e’tirof etish keraki, xo’jalik faoliyati to’g’risida butun faoliyatni o’ziga jamlagan axborotlar buxgalteriyada to’planadi va qayta ishlanadi. Shu tufayli korxonaning kopmpleks iqtisodiy tahlili bilan buxgalteriya xodimlari, bevosita bosh buxgalterlar shug’ullanadi. Chunki unda korxonaning xo’jalik faoliyatini ifodalovchi barcha ko’rsatkichlar mavjud. Ular moliyaviy hisobotlarda o’z aksini topadi. Iqtisodiy tahlil uchun asosiy ma’lumot manbai bo’lib moliyaviy hisobotda ifoda etilgan ko’rsatkichlar hisoblanadi. Ammo alohida sohalari bo’ycha tahlil qilish uchun emas, balki kerak sohani o’rganish uchun qilinadi. Demak, kimga nima kerak bo’lsa, u shu sohani tahlil qilish bilan shug’ullanishar ekan.


Iqtisodiy tahlilni amalga oshirish bosqichlari


Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish, bu iqtisodiy ishlarning tarkibiy qismi sifatida o’zining boshlanish va yakuniga ega. Bu jarayon bir qancha bosqichlardan iborat:

  • Tahlil o’tkazishning maqsadini aniqlash va dasturni tuzish;

  • Ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarni to’plash;

  • Axborotlarni tahlil maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda qayta ishlash tegishli hisob-kitoblarni amalga oshirish va jadvallar tuzish;

  • Jadval ma’lumotlari asosida dastlabgi xulosalar chiqarish;

  • Xulosani chuqurlashtirish maqsadida lozim bo’lgan holatlarni chuqurroq o’ganish uchun ularni o’zgartirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni ta’sirini hisoblash;

  • Xo’jalik faoliyati yoki o’rganilayotgan soha to’g’risida mufassal xulosaga kelish;

  • Koxona xo’jalik faoliyatini yoki o’rganilayotgan ko’rstkichni yaxshilash yo’llarini ishlab chiqish va Shu tadbirlarni amaliyotga tadbiq etish.

Mazkur bosg’ichda tahlilning boshlanishi va adog’igacha bo’lgan jarayon ko’rsatiladi. Amalda doim faoliyat ko’rsatuvchi korxona bo’lsin tahlil xar bir hisobot tuzilgandan keyin va yangi davrni boshlashdan oldin uzluksiz muntazam ravishda o’tkazilib turiladi. Unday bosqichlar aynan Shu holatda takrorlanishi mumkin, faqat ko’rsatkichlarning raqamlari o’zgaradi. Shu tufayli iqtisodiy tahlilning mantiqiy ketma-ketlikni ta’minlagan holda uni kompyuterga kiritish va tahlil usulini dasturlash ham mumkin.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling