O ‘zbekiston respublikasi oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi


Qora amma - mehribon, sodda, bardoshli va jafokash ayol


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/47
Sana13.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1769926
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
Bog'liq
bitruv malaka ish o\'rolova

Qora amma - mehribon, sodda, bardoshli va jafokash ayol. Uning obrazida 
urush davridagi o ‘zbek onalarining siymosi mujassam topgan. U boshiga tushgan 
barcha ko‘rgiliklarni sabr-bardosh bilan yengib, o ‘zida yashashga kuch-qudrat 
topadi.
Bir tasavvur qiling: Qora amma olti farzandni yerga berib, bittagina 
Kimsanini yer-u ko‘kka ishonmasdan katta qildi. Yurtda mudhish urush 
boshlangach, miq etmay, el-yurt ishiga kamarbasta bo‘lsin degan niyatda yolg‘iz 
farzandi - Kimsanni urushga kuzatdi. Kimsanning peshonasiga urushda halok 
bo‘lish bitilgan edi. Biroq Qora amma o ‘g ‘lining urushda o‘lganiga ishonmadi; 
farzandining bir kunmas bir kun ota uyiga kirib kelishiga umid qilib yashadi. 
Shuning uchun aza ham ochgani y o ‘q. Bunday o ‘rinlarda ona qalbining naqadar 
bebaholigiga tan berasiz.
43


Qora ammaga taqdirning bu ko ‘rguliklari ham kamlik qiladi. Yolg‘izgina 
ukasi 
Shomurodga Robiyani xotin qilmoqchi bo‘ladi. Bu maqsadni amalga 
oshirish unga qanchalar qiyin kechadi, uning ichki h is - t^ g ^ la ri, ruhiy holati har 
qanday insonni larzaga keltiradi. O ‘g ‘li Kimsanning oldida, qizi Robiyaning oldida 
ham o ‘zini gunohkor sezadi, ulardan tinimsiz kechirim so‘raydi.
Romandagi yana bir ayol obrazi bor - Robiya. Unga ham taqdir kulib 
boqmadi. Yoshligidan onasidan yetim qolgan Robiya otasi tarbiyasida ulg‘ayadi. 
Onasining o ‘limidan so‘ng ular Samarqanddan Toshkentga, N o‘g‘ay qishloqqa 
ko‘chib kelib, Husanboy ismli kishining hovlisida yashay boshlaydi. Otasi 
o‘qituvchi bo‘lgani uchun qishloq bolalarini o‘qitadi. Robiya Husanboy Dumani 
bobo, uning xotini Qora ammani oyi, ularning o ‘g ‘li Kimsanni aka, Qora 
ammaning ukasi Shomurodni ada deb katta bo‘ladi. Robiya sofdil, mehnatkash qiz 
bo‘lib ulg‘ayadi. U Kimsanga k o ‘ngil qo‘ydi. Kimsan va Robiyaning sevgisi bir 
guli ochilmay so‘ldi. Yurtda urush boshlangach, urushga ketgan sevgilisi 
qaytmadi.
Insonlarning murakkab taqdirini maromiga yetkazib tasvirlagan roman katta 
tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Ushbu jihatlarga o ^ ^ c h ^ a r e ’tiborini qaratish uchun esa quyidagi 
topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi.
Badiiy tahlil, asosan, darslikda berilgan parcha yordamida amalga oshiriladi. 
Shuning uchun ham “Mening qahramonim” topshirig‘ini bajarish mumkin bo‘ladi. 
Masalan, o‘quvchilarni uch yoki to ‘rt guruhga bo‘lgan holda ularga quyidagi 
tarqatma topshiriqlarni berish mumkin.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling