Barkamol shaxsni shakllantirish nafaqat adabiy ta ’lim, balki O ‘zbekiston
maktablaridagi barcha fanlarni o ‘qitishdan ko‘zlangan bosh maqsaddir.
M a’lumki, hozirgi paytda umumta’lim maktablarida adabiyot ta ’limi
mazmunan xalq og‘zaki ijodi, eng qadimgi (islomgacha bo ‘lgan)
davr adabiyoti,
mumtoz adabiyot hamda yangi davr adabiyoti tarzida o ‘qitilmoqda.
Demak, umumta’lim maktablarida adabiyot darslari orqali o ‘zbek va jahon
adabiyoti vakillarining hayoti va ijodiga oid b o ‘lgan m a’lumotlar,
ularning
asarlaridan namunalar keltirilmoqda. Ammo har bir tanishtirilayotgan badiiy asarni
o‘quvchi darsdan so‘ng ham katta qiziqish bilan topib, uning to ‘liq
holatini
mutolaa qilishga harakat qilmoqdami, yoki darslikda
berilgan parchani shunchaki
satrlarni ko‘z yugurtirib chiqish uchun, o ‘qituvchisi asar haqida biror m a’lumotni
so‘rab qolganda javob berish uchun o ‘qib chiqadi, xolosmi? Ushbu o ‘rinda
o‘quvchining o‘rganilayotgan badiiy asarni o ‘zlashtirishi,
undan estetik zavq ola
bilishi va m a’naviy oziqlanishi uchun adabiyot darslarida badiiy asarni tahlil qilish
jarayoni juda muhim hisoblanadi. Ushbu jarayonni o ‘ta mohirlik bilan tashkil etish
esa o ‘qituvchiga, uning qobiliyatiga va tajribaliligiga bog‘liqdir.
Shu o ‘rinda biz bitiruv malakviy ishimizning ushbu bobida o ‘quv va
didakdik tahlilning muhim jihatlari hamda o ‘quv va didaktik tahlilning tamoyillari
haqida m a’lumot berishni joiz deb bildik.
Eng avvalo badiiy asar o‘zi nima degan savolga javob bersak.
O ‘rganishlarimiz asosida Q. Y o‘ldosh va M. Yo‘ldoshlarning “Badiiy
tahlil
asoslari” nomli asarida badiiy asar tushunchasiga quyidagicha mukammal ta ’rif
berilganligi bilan tanishdik: “Estetik jihatdan maqsadga yo‘naltirilib, obrazlar
vositasida kishi ruhiyati va tafakkuriga ta ’sir ko‘rsata oladigan,
muayyan mantiqiy
tugallik hamda badiiy o ‘ziga xoslikka ega teran mazmun va ta ’sirchan shakldan
iborat yaratiq badiiy asar deyiladi”10.
Bashariyatning azaliy va abadiy ezgu istaklaridan biri o ‘zini va o ‘zi
yashab
turgan jamiyatni mukammal ko ‘rish bo‘lsa, badiiy adabiyotning eng muhim
Do'stlaringiz bilan baham: