tanitish, o ‘zini
taftish qilish, qiziqishlarini aniqlash, qobiliyatini rivojlantirishga
yo‘naltirish usullari tavsiya etilgan. Bu jarayonda o ‘z-o‘zidan o‘quvchi
shaxsi
mustaqillligi va tafakkurining erkinligi yetakchilik qiladi.3
S.Matjonovning tadqiqot ishi bevosita o ‘quvchilarning mustaqil ishlarini
tashkil etishga bag‘ishlangan bo‘lib, bu jarayon ijodiy tafakkurni o ‘stirish omili
ekanligi, adabiyot darslarida o ‘quvchilarni og‘zaki
va yozma ijodiy ishlarga
undash ularning kamoloti yo ‘lida muhim ahamiyat kasb etishi tekshiriladi.
Mustaqil faoliyat va ijodiy ishlar o ‘z-o‘zidan erkin tafakkurni talab qiladi.
Mustaqil fikri, o ‘z nuqtayi nazari bo‘lmagan o ‘quvchi ijod qilolmaydi, mustaqil
faoliyat yurita olmaydi. 4
M.Mirqosimovaning doktorlik ishi o ‘quvchilarda
adabiy tahlil malakasini
shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan bo ‘lib, buning zamirida ham
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmasini o ‘stirish, ijodiy qobiliyatini
tarbiyalash yotadi. Ishda taqdim etilgan
asarlarning qiyosiy tahlili, muammoli
ta ’lim, munozara dars,
seminar dars, mustaqil ishlar ham bevosita o ‘quvchining
mustaqil tafakkuri shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qiladi.5
Maktabda o ‘rganiladigan adabiy asarlarni tahlil qilishning asoslarini ishlab
chiqishda milliy pedagogikamiz va adabiyotshunosligimizda mavjud b o ‘lgan
muayyan tajribadan foydalangan holda o ‘zgarib borayotgan davr beradigan
imkoniyatlar darajasida ish ko‘rish ko‘zda tutiladi. Xususan, S.Dolimov,
H.Ubaydullayev, Q.Ahmedov singari mashhur usuliyotchi
olimlar tomonidan
yaratilgan
“Adabiyot
o‘qitish
metodikasi”
qo‘llanmasida,
A.Zunnunov,
N.Hotamov, J.Esonov, A.Ibrohimov kabi mualliflar tomonidan yozilgan va 1992-
yilda “O ‘qituvchi” nashriyotida chop etilgan “Adabiyot o ‘qitish metodikasi”
qo‘llanmasida badiiy asarlarni maktabda o ‘rganish yo‘llari haqidagi kuzatishlar,
A.Zunnunovning adabiyot o ‘qituvchilar uchun yozilgan “Badiiy asar tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: