O ‘zbekiston respublikasi oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/47
Sana13.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1769926
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
Bog'liq
bitruv malaka ish o\'rolova

asoslarning ustuvorligi tamoyilidir. Filologik ta ’lim amaliyotida badiiy tahlilning 
maqsadi nimaligi hamisha ham to ‘g ‘ri belgilab olinavermaganligi uchun estetik 
asoslarning ustuvorligi tamoyiliga ko ‘pincha amal qilinmaydi. Badiiy asar ko ‘proq 
inson ruhiyati manzarasi ifodasi bo‘lgani bois kitobxonni eng qabariq, eng 
ta ’sirchan tuyg‘ular tasviri bilan yuzma-yuz qiladi. Shu tariqa, kitobxonlar o ‘zga 
odamlarning ruhiyatiga oshno bo ‘ladilar. K o‘pincha odam o‘z ruhiyatidagi 
holatlarni anglashga qiynalayotgan bir paytda, chin kitobxon o‘zgalarning 
kechinmalarini his etishga odatlanib boradi. Natijada, kishining tuyg‘ulari 
o‘tkirlashadi, fikri teranlashadi, kechinmalari noziklashadi. Tahlilda estetik asoslar 
ustuvor bo‘lsagina, o ‘quvchilarning qalb ko‘zi ochiladi va ular tuyg‘usizlikdan, 
hissisizlikdan qutuladi. Badiiy asarni o ‘rganish asnosida beparvolik illati solgan 
zanglar, loqaydlikdan tozalanish inson m a’naviyatining yuksalishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, badiiy asarni tahlil qilish murakkab jarayon b o ‘lib, 
ushbu jarayonda badiiy asarni tahlil qilish tamoyillarini bilish hamda ushbu 
tamoyillarni yodda tutgan holda tahlil jarayonini olib borish maqsadga muvofiqdir.
1.2. EPIK ASARLARNI TAHLIL QILISHNING METODIK VA M E’YORIY
ASOSLARI
Adabiyot oddiy so‘zga hayotbaxsh qudrat ato etib, insoniyatning eng nozik 
tuyg‘ularini harakatlantiradi, k o ‘ngil atalmish sirli va m o‘jizakor dunyoni taftish 
qiladi, olam va odamning mohiyati, ular o ‘zaro munosabatlarining sabab va 
oqibatlari, yashash mezonlari bilan tanishtiradi. Badiiy adabiyot insoniyat hayotini 
charog‘on etishi, inson umriga nurafshonlik baxsh etib, m a’naviy olamini 
shakllantirishi va yuksaltirishi, porloq kelajak uchun munosib to ‘g ‘ri yo‘lni 
tanlashga yordam berishi, kitobning insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk
12 Борев Ю. Методология анализа художественного произведения. “Узбек адабиётшунослигида таллии

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling