O ‘zbekiston respublikasi oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/47
Sana13.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1769926
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Bog'liq
bitruv malaka ish o\'rolova

tizimlilikdir. Tizimlilik prinsipi yaxlitlik tamoyilining mantiqiy davomi bo ‘lib, 
tahlil kechimida badiiy asarni tashkil etgan unsurlarning muayyan tizimli 
ko‘rinishga ega bo‘lishi hisobga olinishini talab qiladi. Asl san’at asarida biri 
ikkinchisiga bog‘liq bo‘lmagan biror badiiy unsur uchramaydi. Demak, har qanday 
san’at asari muayyan estetik vazifani o ‘taydigan tizimdir va u m a’lum miqdordagi 
ost hamda ust tizimlardan iborat bo ‘ladi. Har qanday badiiy butunlik nimadandir 
kichik, binobarin, qandaydir butunning qismi va nimadandir katta, binobarin, 
qandaydir qismga nisbatan butun hisoblanadi.
Badiiy asar tahlilida hamisha suyaniladigan tamoyillardan yana biri 
tarixiylikdir. Garchi badiiy asarga tarixning obrazga ko‘chirilgan illyustratsiyasi 
yoxud uning shunchaki estetik in’ikosi deb qarash mutlaqo no ‘to ‘g‘ri bo‘lsa-da, 
har qanday adabiy asarning muayyan zamonda, muayyan tarixiy sharoitda, konkret 
vaqtda yashab o‘tgan yoxud yashayotgan odam tomonidan yaratilgan va unda aks 
ettirilgan voqealargina emas, balki ruhiy holat manzaralarida ham o ‘sha tarixiy 
davrning tamg‘asi borligi yodda tutilishi lozim. Bundan tashqari, har qanday badiiy 
asar ham m a’lum bir zamon va makonda yashayotgan odam tomonidan qabul 
etiladi. Binobarin, tahlilga tortilgan har qanday badiiy asarning yaratilgan davrini 
bilmay va uni hisobga olmay turib, adabiy asarni chuqur o ‘rganish, teran tahlil 
etish va haqqoniy xulosaga kelishning 
imkoni yo ‘q. O ‘rganilayotgan asarga 
tarixiylik nuqtai nazaridan yondashilmasa, qahramonlar ruhiy holatini ham, ularni 
faoliyatga undagan sabablarni ham yanglish tushunish va izohlash mumkin. 
Shuning uchun ham ulkan adabiyotshunos olim Y. Borev: “Tarixiylik asosiy 
talqiniy ko ‘rsatkich sifatida tanqidiy tahlilga xos barcha yondashuv va usullar, 
amalga oshiriladigan barcha tadbirlar, uni markazlashtirish va tizimga solishga
14


qaratilgan barcha urinishlardagi yondashuv va yo ‘nalishlarni tayin qiladi”12 deb 
qayd etadi.
Adabiy asarni tahlil qilishning muhim tamoyillaridan yana biri estetik 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling