O ‘zbekiston respublikasi oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi


insof, diyonat, andisha, hamdardlik, qo‘rquv, topqirlik, nafsga qullik


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/47
Sana13.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1769926
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Bog'liq
bitruv malaka ish o\'rolova

insof, diyonat, andisha, hamdardlik, qo‘rquv, topqirlik, nafsga qullik, 
mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik, yaxshi niyat kabi bir-biriga qarama-qarshi 
bo‘lgan turli-tuman kechinmalar, hissiyotlar olamidan o ‘zlarini izlab ko‘radilar.
Ushbu hikoya tahlili olib borilar ekan, eng avvalo, hikoya hodisalari yuz 
berayotgan davr haqida o‘quvchiga m a’lumot berilishi lozim. Bunda I jahon 
urushida ishtirok etayotgan Rossiya imperiyasi bu adolatsiz urushda nima qilib 
bo‘lmasin g ‘olib chiqish maqsadida o ‘zining mustamlakasi hisoblangan chekka 
o‘lkalar, jumladan, Turkiston xalqlarining bor boyligini tashib olib ketgani, o‘lkada 
ishsizlik, qashshoqlik kuchayib borgani va boshqa tarixiy faktlar axborot sifatida 
keltiriladi. Minglab oilalarning yagona boquvchilari - ishga yaroqli erkaklarning 
urush orti hududlariga mardikor sifatida majburlab olib ketilgani, panohsiz qolgan 
ayollar va bolalar tirikchiligi nihoyatda xarob ahvolga kelgani eslatiladi.
O ‘qituvchi o ‘quvchilarining tayyorgarligi ruhiy-aqliy darajasini hisobga 
olib, tahlilga chuqurroq kirishga undaydigan o‘z savol-topshiriqlarini va darslik 
mualliflarining yo‘naltiruvchi savollaridan foydalanishi mumkin. Badiiy asarni 
tahlil qilishga tutingan o ‘qituvchi san’atkor bilan o‘quvchilarni o‘zaro muloqotga 
kiritadigan insondir. Buni qanday natijali amalga oshirish o ‘qituvchining 
mahoratiga bog‘liq, albatta.
“Bu kim? Bu nima? Bu qayer?” o‘quv topshirig‘i matnni diqqat bilan 
o‘rganishga, obrazlarning ko‘rinishi, gap-so‘zi, umuman, mayda detallargacha 
ko‘zdan qochirmaslikka undaydi: badiiy tafsillar (odam, turmushi, u bilan bog‘liq 
narsalar hamda obrazning o ‘y-xayollari, quvonchi, qayg‘usi, kechinmalari, ko‘ngli
17 Adabiyot. Umumiy o ‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. 1- qism, 3-nashri //S.Ahmedov, B.Qosimov, 
R.Qo‘chqorov, Sh.Rizayev. - Toshkent: Sharq, 2015.
25


tasviri) yozuvchi ifodasi bilan berilar ekan, o ‘quvchining bilish zavqi, 
imkoniyatlari yanada ortadi. Asar o‘qilayotganda emas, balki uyga vazifa sifatida 
berilib, o ‘quvchilar o ‘qib kelishgandan keyingina o ‘quv tahlilini amalga oshirish 
maqsadga muvofiq.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling