O ‘zbekiston respublikasi oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/47
Sana13.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1769926
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
Bog'liq
bitruv malaka ish o\'rolova

“Bu kim? Bu nima? Bu qayer?” usulida o ‘quvchilar, avvalo, yo‘riqnoma 
bilan tanishtiriladi, ya’ni asardan olingan tafsilotlardan jumlalar aytilib, kimga, 
nimaga va qayerga tegishli ekanligi so‘raladi. Buni kichik guruhlarda bajarish ham 
mumkin. Masalan:
Ota-buvadan qolgan, anchagina katta bo’lib, to’rtburchak tanobi 
hovlilardan edi. Gir atrofi imorat, shimol tomonda 
amakivachchalarimiz turishardi. Bu qayer?
Boshimda shunday musibat turganda ko’zimga uyqu keladimi? 
Mana: olti oy bo’ldi, biror soat mijja qoqib uxlaganim y o ’q. kunduz 
kunlari garangday dovdirab yuraman. Biror yerga o ’tib m izg’iganday 
qush uyqusi qilaman. Kechalari xayol olib qochib ketadi. Bu kim?
Qo’ndoqning tagiga borib, og’zimni suvga to’ldirib 
ga
purkayman.......day ahmoq jonivor olamda y o ’q. Yomg’ir yo g’yapti,
shekilli, deb o ’ylab, boshini ichiga tiqib, hap yotaveradi. Bu nima?
Shuningdek, epik asarlar tahlili olib borilganda ushbu asarning badiiy 
tasviriy vositalarga qay darajada boyligi, yozuvchining so‘z ishlatish mahoratiga
ushbu mahoratning g ‘oyaviy va badiiy jihatdan estetik ta ’siriga o ‘quvchilar 
e ’tiborini qaratish juda muhim sanaladi. Shu maqsadda “Nodir tashbehlar” usulini 
qo‘llash mumkin.
«Nodir tashbehlar» usuli badiiy tahlilda o ‘quvchining eng nozik qalb
torlariga yetib borgan, uni ta ’sirlantirgan o ‘rinlardan o ‘xshatishlar, topib aytilgan
tamsillar, so‘z sehridan hayratlar, umuman, betakror jumlalarni yig‘ib, fikrlash,
zavqlarini ifodalash, bahslashishga undaydi. Masalan, hikoyadagi «Tirikchilik
toshdan qattiq, tuyaning ko‘ziday non anqoga shapig‘”, “Turib yeganga turimtog‘
26


chidamas”, “Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak”, “O ‘zimni o‘tga, 
cho‘g ‘ga, Alining qilichiga uraman”, “Beshikdagi bolasi ham chetiga bayt yozilgan 
chinni kosada osh ichadi”, “Bu itlar hovli sahnidan bitta kapalak o‘tsa, bir hafta 
vovullaydi”, “yuzimni sidirib tashlaganim y o ‘q” kabi tabiat va inson tabiati 
tasvirlari 
asar 
qahramonlarining 
ruhiyati, 
taqdiri 
bilan 
bog‘liq 
holda 
tasvirlangandek taassurot qoldiradi. Ushbu tashbehlarni ajratish uchun guruhlarga 
quyidagi ko‘rinishdagi tarqatmalar tarqatiladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling