O ‘zbekiston respublikasi oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi


II BOB. EPIK ASARLARNI TAHLIL QILISH USULLARI


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/47
Sana13.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1769926
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
bitruv malaka ish o\'rolova

21


II BOB. EPIK ASARLARNI TAHLIL QILISH USULLARI
2.1. 
HIKOYA JANRIGA OID B O ‘LGAN ASARLAR TAHLILINI AMALGA 
OSHIRISH USULLARI (G ‘. G ‘ULOMNING “MENING O ‘G ‘RIGINA BOLAM”
HIKOYASI MISOLIDA)
O ‘quvchi o ‘qilgan asarning sir-asrorini tuygachgina qalbida kitobga
muhabbat hissi shakllanadi, chinakam badiiyat namunasini ajrata olish malakasini 
egallasa, haqiqiy kitobxonga aylanadi. Biror asarni o ‘qish, uni tahlil qilish 
jarayonida olingan bilim o ‘quvchini boshqa asarlarni o ‘qishga, ulardan 
zavqlanishga undaydi.
Badiiy tahlil maqsadiga ko‘ra ilmiy va o‘quv (didaktik) tahlilga bo ‘linishi 
haqida yuqorida m a’lumot bergan edik. Ilmiy talqin asarning badiiyligini 
ta ’minlagan jihatlar, so‘z sehri, san’atning sirli tomoni nimada ekanligini 
ko‘rsata bilish bo‘lsa, (o‘quv) tahlil pedagogik maqsadga y o ‘naltirilgan bo‘lib, 
o‘quvchining 
badiiy 
madaniyatini 
yuksaltiradi, 
tafakkuri 
va 
hissiyotini 
faollashtiradi. Ilmiy tahlil adabiyotshunosning aqliy faoliyati natijasi b o ‘lsa, o ‘quv 
tahlili odamlar bilan muloqot mobaynida amalga oshiriladi. Didaktik tahlilning 
vazifasi badiiy asarning jozibasi, o ‘ziga xosligi, ta ’sir kuchi sabablarini aniqlash 
orqali o ‘quvchilarda sohir qalb, hassos tuyg‘ular, ravon va ifodali nutqni 
shakllantirishdir. O ‘quvchining estetik tarbiyasini faollashtirish, didini o ‘stirish 
orqali uning shaxsini barkamollashtirish esa adabiy ta ’limdan ko ‘zlangan asosiy 
maqsad hisoblanadi.
O ‘quv tahlili ikki bosqichli bo‘lib, birinchi bosqichda o‘qituvchi 
o‘qitiladigan asarni tahlil qiladi, savollar tuzadi, tahlil uchun maqbul usullar 
tanlaydi. Ikkinchi bosqichda o ‘qituvchi bilan o ‘quvchilar hamkorligida darsda 
biror asar tahlil qilinadi.
O ‘quv tahlili muayyan shaxslik fazilatlari va xislatlarini tanishga qaratiladi. 
Badiiy asarda voqea yoki kechinmalar yozuvchining mahoratiga qarab kitobxonni 
o‘z tomoniga «og‘diradi».

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling