insof, diyonat, andisha, hamdardlik, qo‘rquv, topqirlik, nafsga qullik,
mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik, yaxshi niyat kabi bir-biriga qarama-qarshi
bo‘lgan turli-tuman kechinmalar, hissiyotlar olamidan o ‘zlarini izlab ko‘radilar.
Ushbu hikoya tahlili olib borilar ekan, eng avvalo, hikoya hodisalari yuz
berayotgan davr haqida o‘quvchiga m a’lumot berilishi lozim. Bunda I jahon
urushida ishtirok etayotgan Rossiya imperiyasi bu adolatsiz urushda nima qilib
bo‘lmasin g ‘olib chiqish maqsadida o ‘zining mustamlakasi hisoblangan chekka
o‘lkalar, jumladan, Turkiston xalqlarining bor boyligini tashib olib ketgani, o‘lkada
ishsizlik, qashshoqlik kuchayib borgani va boshqa tarixiy faktlar axborot sifatida
keltiriladi. Minglab oilalarning yagona boquvchilari - ishga yaroqli erkaklarning
urush orti hududlariga mardikor sifatida majburlab olib ketilgani, panohsiz qolgan
ayollar va bolalar tirikchiligi nihoyatda xarob ahvolga kelgani eslatiladi.
O ‘qituvchi o ‘quvchilarining tayyorgarligi ruhiy-aqliy darajasini hisobga
olib, tahlilga chuqurroq kirishga undaydigan o‘z savol-topshiriqlarini va darslik
mualliflarining yo‘naltiruvchi savollaridan foydalanishi mumkin. Badiiy asarni
tahlil qilishga tutingan o ‘qituvchi san’atkor bilan o‘quvchilarni o‘zaro muloqotga
kiritadigan insondir. Buni qanday natijali amalga oshirish o ‘qituvchining
mahoratiga bog‘liq, albatta.
“Bu kim? Bu nima? Bu qayer?” o‘quv topshirig‘i matnni diqqat bilan
o‘rganishga, obrazlarning ko‘rinishi, gap-so‘zi, umuman, mayda detallargacha
ko‘zdan qochirmaslikka undaydi: badiiy tafsillar (odam, turmushi, u bilan bog‘liq
narsalar hamda obrazning o ‘y-xayollari, quvonchi, qayg‘usi, kechinmalari, ko‘ngli
17 Adabiyot. Umumiy o ‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. 1- qism, 3-nashri //S.Ahmedov, B.Qosimov,
R.Qo‘chqorov, Sh.Rizayev. - Toshkent: Sharq, 2015.
25
tasviri) yozuvchi ifodasi bilan berilar ekan, o ‘quvchining bilish zavqi,
imkoniyatlari yanada ortadi. Asar o‘qilayotganda emas, balki uyga vazifa sifatida
berilib, o ‘quvchilar o ‘qib kelishgandan keyingina o ‘quv tahlilini amalga oshirish
maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |