asoslarning ustuvorligi tamoyilidir. Filologik ta ’lim amaliyotida badiiy tahlilning
maqsadi nimaligi hamisha ham to ‘g ‘ri belgilab olinavermaganligi uchun estetik
asoslarning ustuvorligi tamoyiliga ko ‘pincha amal qilinmaydi. Badiiy asar ko ‘proq
inson ruhiyati manzarasi ifodasi bo‘lgani bois kitobxonni eng qabariq, eng
ta ’sirchan tuyg‘ular tasviri bilan yuzma-yuz qiladi. Shu tariqa, kitobxonlar o ‘zga
odamlarning ruhiyatiga oshno bo ‘ladilar. K o‘pincha odam o‘z ruhiyatidagi
holatlarni anglashga qiynalayotgan bir paytda, chin kitobxon o‘zgalarning
kechinmalarini his etishga odatlanib boradi. Natijada, kishining tuyg‘ulari
o‘tkirlashadi, fikri teranlashadi, kechinmalari noziklashadi. Tahlilda estetik asoslar
ustuvor bo‘lsagina, o ‘quvchilarning qalb ko‘zi ochiladi va ular tuyg‘usizlikdan,
hissisizlikdan qutuladi. Badiiy asarni o ‘rganish asnosida beparvolik illati solgan
zanglar, loqaydlikdan tozalanish inson m a’naviyatining yuksalishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, badiiy asarni tahlil qilish murakkab jarayon b o ‘lib,
ushbu jarayonda badiiy asarni tahlil qilish tamoyillarini bilish hamda ushbu
tamoyillarni yodda tutgan holda tahlil jarayonini olib borish maqsadga muvofiqdir.
1.2. EPIK ASARLARNI TAHLIL QILISHNING METODIK VA M E’YORIY
ASOSLARI
Adabiyot oddiy so‘zga hayotbaxsh qudrat ato etib, insoniyatning eng nozik
tuyg‘ularini harakatlantiradi, k o ‘ngil atalmish sirli va m o‘jizakor dunyoni taftish
qiladi, olam va odamning mohiyati, ular o ‘zaro munosabatlarining sabab va
oqibatlari, yashash mezonlari bilan tanishtiradi. Badiiy adabiyot insoniyat hayotini
charog‘on etishi, inson umriga nurafshonlik baxsh etib, m a’naviy olamini
shakllantirishi va yuksaltirishi, porloq kelajak uchun munosib to ‘g ‘ri yo‘lni
tanlashga yordam berishi, kitobning insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk
12 Борев Ю. Методология анализа художественного произведения. “Узбек адабиётшунослигида таллии
Do'stlaringiz bilan baham: |