O ‘zbekiston respublikasi oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
bitruv malaka ish o\'rolova
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11 Qozoqboy Y o ‘ldosh, Muhayyo Y o ‘ldosh. Badiiy tahlil asoslari. - Toshkent.: Kamalak, 2016. 74-bet. 12
ifodalash
vositasigina deb qarash mumkin emasligidir. O ‘zbek adabiyotshunosligi va filologik ta ’limida hanuzgacha ham san’at asarlariga ijtimoiy-g‘oyaviy yondashuv ustuvor mavqeda turibdi va har qanday badiiy asarga 11 Qozoqboy Y o ‘ldosh, Muhayyo Y o ‘ldosh. Badiiy tahlil asoslari. - Toshkent.: Kamalak, 2016. 74-bet. 12 ko‘proq qandaydir g ‘oyani o ‘tkazish yo ‘li deb qaralmoqda. Badiiy tahlil amaliyotda ancha uzoq davom etadiganga o ‘xshab ko‘rinadigan bunday yondashuv badiiy asarning o‘ziga xosligi, jozibasi, zavqliligi singari yozuvchining mahorati namoyon bo‘ladigan jihatlarni e ’tibordan chetga surib, asardan g ‘oya qidirishni taqozo etishi bilan butun boshli estetik hodisani muayyan bir qarashni ifodalashning vositasigina hisoblab, qadrini tushiradi. Badiiy asarlar tahlilida tayanilishi zarur talablardan yana biri san’at hodisalariga borliqning nusxasi tarzida munosabatda bo‘lish kerakligi tamoyilidir. San’at asarini voqelik bilan, real borliq bilan solishtirib baholash, undan hayotning badiiy nusxasi bo ‘lishni talab qilishning ildiziga borib taqaladi. San’at hodisasini ijodkorning tabiat yoki ijtimoiy hayotga taqlididan iborat deb tushinish tadqiqotchidan har qanday asarga uning voqelikka mos kelishi yoxud kelmasligi nuqtai nazaridan yondashishni taqozo etadi. Buyuk mutafakkir Aristotel yashagan zamonlardayoq odamlarga san’at hodisalarining hayotga hamisha ham muvofiq kelavermasligi m a’lum bo‘lgan va buni allomaning o ‘zi Sofokl hamda Evripid tragediyalarini qiyoslash munosabati bilan ta ’kidlagan edi. Badiiy tahlilni amalga oshirishda emotsionallik yoki hissiylik tamoyili ham katta o ‘rin tutadi. Badiiy adabiyotning o ‘zi - hissiyotga asoslangan hodisa demak, badiiy tahlilda hissiyotni k o ‘zda tutish muhim. Tahlilda hissiyot hisobga olinmaydigan bo‘lsa, badiiy asarning estetik o ‘ziga xosligi nazardan chetdan qoladi. Asarning badiiy va hayotiy m antig‘i hamda estetik jozibasini ochishga qaratilgan har bir tadbir kishining tuyg‘ulari olamiga daxl qilib, ularda muayyan hissiyotlar uyg‘otadigan yo‘sinda uyushtirilsagina maqsadga erishiladi. Badiiy tahlilning yana bir muhim tamoyili bu yaxlitlik tamoyilidir. Yaxlitlik talabi, avvalo, o ‘rganiladigan badiiy asarga istalgancha tarkibiy qismlarga ajratib tashlayverish o ‘rinli bo‘lmaydigan estetik butunlik tarzida yondashishni taqozo qiladi. Darhaqiqat, har qanday asl san’at asari buzilmas yaxlitlikdan iboratdir. San’at asarining ichki butunligiga daxl qilinmagandagina uning asl mohiyatini to ‘g‘ri anglash mumkin bo‘ladi. Buning ustiga, badiiy tahlil yordamida estetik 13 haqiqatlarni bilib qo‘yishgina emas, balki ular yordamida shaxs m a’naviyatini yaxlit holda shakllantirilishi hisobga olinishi zarur. Badiiy tahlilda amal qilinishi zarur b o ‘lgan tamoyillardan yana biri Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling