O ‘zbekiston respublikasi oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
bitruv malaka ish o\'rolova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi.
Tadqiqot predmeti va obyekti. Tadqiqotning obyekti 5-11-sinflarda badiiy
asarlarni tahlil qilish jarayoni, predmeti badiiy asarlarni tahlil qilishga oid usul va innovatsion metodlar, tavsiyalar. 6 Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Ta’lim jarayonida tavsiya qilingan hikoya, qissa, roman kabi janrdagi epik asalarni tahlil qilishning usul va interfaol metodlaridan foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch asosiy bob, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxatidan iborat. 7 I BOB. ADABIYOT DARSLARIDA EPIK ASARLARNI TAHLIL QILISHNING ILMIY VA METODIK ASOSLARI 1.1. O ‘QUV VA DIDAKTIK TAHLIL TAMOYILLARI Istiqlol yillarida ta’lim tizimida bir qator ishlar amalga oshirildi. “T a’lim to ‘g‘risida”gi qonun qabul qilingandan so‘ng o‘rta umumta’lim tizimida o‘qitiladigan fanlardan davlat ta ’lim standartlari hamda o ‘quv dasturlari ishlab chiqildi va hukumat tomonidan tasdiqlandi. Mamlakatimizda ta ’limning huquqiy asoslari, istiqbollari qonun bilan, uning mazmun va sifati standartlar bilan, tashkiliy-amaliy jihatlari o ‘quv dasturlari bilan belgilangan, o ‘quv-metodik tadbirlar darslik va qo‘llanmalarda tavsiya etilgan. Demak, jamiyatda sohaning qonuniy, huquqiy, tashkiliy asoslari yaratilgan, tizimga solingan. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”6, “T a’lim to ‘g ‘risida”7gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to ‘g ‘risida”gi Qonunlarda, maktab va maktabgacha ta ’lim muassasalari bo‘yicha hukumat ko‘rsatmalari, qarorlarida yosh avlodni m a’nan yuksak, har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash muhim vazifa ekanligini dalillaydi. “Yoshlarga oid davlat siyosati to ‘g‘risida”gi Qonunda ta ’kidlanganidek: “Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash”8, muhim masalalardan biridir. Umumta’lim maktabda adabiy ta ’limining g ‘oyat muhim vazifalaridan biri adabiyot o ‘qitishning bosh maqsadini professor Q.Yo‘ldoshev to ‘g ‘ri belgilab bergan edi: “...barkamol shaxsni shakllantirish marrasi milliy maktablarimizda adabiyot o ‘quv predmetini o ‘rganish uchun bosh maqsad bo‘lishi mumkin ekanligini qadimiy qadriyatlarimiz ham, m a’naviy an’analarimiz ham, uzoq tarixga ega pedagogik amaliyotimiz ham, kishilarimiz ruhiy olamiga chuqur singib ketgan badiiy adabiyotimiz ham taqozo etadi”9. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling