O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro muhandislik- tеxnologiya instituti


CHIGITLI PAXTA TAYYORLASH PUNKTLARI VA


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/32
Sana18.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1595754
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi

2.6. CHIGITLI PAXTA TAYYORLASH PUNKTLARI VA 
PAXTA TOZALASH ZAVODLARIDA CHIGITLI PAXTANI
TASHISH VOSITALARI. 
2.6.1. Chigitli paxtani tashish vositalari. 
Paxta etishtiradigan xo’jaliklardan paxta tayyorlov punktlariga 
qop-qanorsiz 2PTS-4-793 
va 2PTS-4-793A-01 
turlaridagi traktor 
tirkamasida etkazib beriladi. Paxta tayyorlov punktlaridan paxta 
zavodlarga asosan TMZ-879 va TMZ-879-01 rusumli avtopoezdlarda, 
shuningdek, traktor shataklarida tashiladi. 
Texnik chigit yog’-moy zavodlariga qop-qanorsiz: 50 va 60 t yuk 
ko’taradigan 106 va 120 m
3
sig’imli yuk ortiladigan usti yopiq temiryul 
vagonlarida, shuningdek, avtomobil transportida qo’shimcha TMZ-879 
rusumli avtopoezdlarda va favquloddagi hollarda 2PTS-4-793, 2PTS-4-
794A-01, 2PTS-4-793A-03 turlaridagi traktor shataklarida tashiladi. 
Paxta tozalash va yog’-moy zavodlari yonma-yon joylashsa, chigit 
uzluksiz transport vositalarida, asosan, vintli konveyerlarda tashiladi. 
Qoplarga joylashtirilgan urug’lik chigit paxta tozalash zavodlaridan 


tayyorlov punktlariga avtomobil transportida keltiriladi. Paxta tolasi, 
momiq va tolali chiqindilarning toylari usti berk temiryul vagonlarida 
tashiladi. Kirish uchun temiryullari bo’lmagan paxta tozalash 
zavodlaridan jo’natish bekatigacha, ayrim hollarda esa belgilangan 
joygacha toylar avtotransport bilan tashiladi. 
2.6.2. 2PTS-4-793 turidagi ikki o’qli transport tirkamasi 
Ikki o’qli transport tirkamasi (5-rasm) ag’darma ochiladigan 
asosiy va ulama bortli platformaga ega bo’lib, paxtani, shuningdek, 
turli xo’jalik yuklarini har xil yullarda va dala sharoitlarida tashish 
uchun mo’ljallangan (Toshkent traktor zavodida ishlab chiqariladi). 
G’ildirakli traktor tirkamaga shatakchi bo’lib xizmat kiladi. 
Asosiy shatakchi traktor sifatida universal MTZ traktorlari ishlatiladi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling