O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro muhandislik- tеxnologiya instituti
PLA markali ta’minlash qurilmasining texnik xarakteristikasi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.8. Takomillashtirilgan ta’minlash qurilmasining konstruktsiyasi va ishlash printsipi.
PLA markali ta’minlash qurilmasining texnik xarakteristikasi
Unumdorligi,tonna/soat....................................................40 t gacha Tezligi,m/s: transportyor tasmasining.................................. 0,047 elevator tasmasining........................................ 2,22 Eni, mm transportyor tasmasining.................................. 600 elevator tasmasining........................................ 1400 Massasi, kg..........................................................................2075 Elektromotor: tipi............................................................... AO2-32-4 quvvati, kVt................................................... 3,0 aylanish chastotasi......................................... 1430 8 -r asm . P L A m ar k a li t asm al i t a'm in la gi ch k es im ini ng s x em a si : 1 - gor iz ont al t ra ns por ty or ; 2 - qo zi ql i e le vat or ; 3 - u ch g' il di ra kl i r ama ; 4 - g' ild ir ak ; 5 - g 'i ldi ra k; 6 - q o' zg' al m as b o rt ; 7 - ko' ta rm a b o rt; 8 - kons ol ; 9 - ko' tar is h qu ti si; 1 0 - b or t; 11 - q opl ama ; 12 - qut i; 13 ,14 - y ur it m a ba rab a nl ar i. 9-rasm. PLA markali tasmali ta’minlash qurilmasining kinematik sxemasi. 2.8. Takomillashtirilgan ta’minlash qurilmasining konstruktsiyasi va ishlash printsipi. Hozirgi vaqtda texnologik mashina va qurilmalarni, texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilish, kam metall va material sarflagan holda yuqori ish unumdorligi va samaradorligiga ega bo’lgan mashinalarni yaratish dolzarb vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Ushbu bitiruv-malakaviy ishini bajarish davomida chigitli paxtani dastlabki ishlash korxonalarida qo’llaniladigan paxtani saqlashga tayyorlash qurilmalarining konstruktsiyalari o’rganib chiqildi va PLA markali ta’minlash qurilmasining takomillashtirilgan konstruktsiyasi taklif qilindi. Takomillashtirilgan chigitli paxtani saqlashga tayyorlash qurilmasi sig’im 1 (takomillashtirilgan qurilmaning sxemasi bitiruv- malakaviy ishining grafik qismida keltirilgan), yuritma 4, konsol 5, g’ildirak 6, g’ildirak 11 lardan tashkil topgan bo’lib, mavjud PLA markali ta’minlash qurilmasidan shunisi bilan farqlanadiki, unda ikki tasmali gorizontal transportyor o’rnida qoziq 3 larga ega bo’lgan ikki qator qoziqli shnek 2 o’rnatilgan. Chigitli paxtani saqlashga tayyorlash qurilmasining taklif etilgan konstruktsiyasi quyidagi tartibda ishlaydi. Dalalardan yig’ib-terib olinib, tayyorlov punktlari yoki paxta tozalash zavodlariga keltirilgan chigitli paxta laboratoriya tekshiruvidan o’tkazilgach, tarozida tortiladi va g’aramlash uchun keltiriladi. Tirkamadan chigitli paxtani ta’minlash qurilmasiga uning orqa yon tomonidan asta-sekin ag’dariladi. Taklif etilgan ta’minlash qurilmasida tasma o’rnida ikki qatorda gorizontal ravishda qoziqli shneklar o’rnatilgan bo’lib, iflosliklarning tushib ketishi uchun ularning ostida to’rli sirt loyihalangan. Qoziqli shneklar soat mili yo’nalishida aylanma harakat qiladi. Ta’minlash qurilmasiga ag’darilgan chigitli paxta shneklarning qoziqlari yordamida titkilanadi va ulardan ajralib chiqqan iflos aralashmalar to’rli sirt orqali pastga tushadi. Chigitli paxta shnek bo’ylab surilib, qiya elevator 10 ga borib tushadi va uning cho’tkalari yordamida g’aramlash uchun navbatdagi tashish qurilmasiga uzatiladi. Chigitli paxtani saqlashga tayyorlash qurilmasining konstruktsiyasini takomillashtirishdan maqsad, g’aramlangan chigitli paxtada turli xildagi nuqsonlar paydo bo’lishining oldini olish hamda toza va sifatli saqlashdir. Chigitli paxta turli xildagi iflos aralashmalardan ajratilib, ma’lum darajada tozalangan holda g’aramlanishi uning xossalarini buzmasdan sifatli saqlanishiga ko’maklashadi va navbatdagi ishlov berish jarayonlarini ham osonlashtiradi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling