O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro muhandislik- tеxnologiya instituti


 Korxonalarda atrof - muhitining meterologik


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/32
Sana18.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1595754
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi

3.2. Korxonalarda atrof - muhitining meterologik 
 sharoitlari. 
Ishlab chiqarish binolarning issiqlik rejimi, bino ichiga tushib turgan quyosh 
nurlaridan ajralib chiqadigan issiqlikdan iborat bo’ladi. Ishlab chiqarish 
binolaridagi ajralib chiqadigan issiqlikning bir qismi ochiq joylardan tashqariga 
chiqib ketadi, qolgan ikkinchi bir qismi aniq issiqlik bino havosini qizishiga 
sababchi bo’ladi. 
Ishlab chiqarish binolarida havo issiq jismlarga tegishi natijasida isiydi
yengillashadi va yuqoriga ko’tariladi, uning o’rnini esa undan sal og’irroq sovuq 
havo egallaydi, o’z navbatida u ham issiq jismlarga tegib isiydi va yuqoriga 
ko’tariladi. Shunday qilib havoning doimiy harakatda bo’lgani uchun faqat issiq 
jismlar atrofidagi havo issib qolmasdan ishlab chiqarish binolarining hamma 
eridagi havo isiydi.
Ishlab chiqarish binolarining texnologik jarayoni havoning namligiga katta 
ta’sir ko’rsatishi mumkin. Suv va suvli eritmalar bilan ishlov berish usullaridan 
foydalaniladigan paytlarda havo namligi yanada oshib ketadi. Ayniqsa ular isitilsa 
yoki qaynatiladigan bo’lsa va ulardan chiqadigan bug’ tepaga to’siqsiz ko’tarilib 
ketsa havoning nisbiy namligi 80-90% va hatto 100%ga etishi mumkin. Bunday 


havoning qo’shimcha suvni qabul qilish xususiyati juda cheklangan bo’ladi yoki 
tamoman yo’qoladi [10]. 
 
 
 
 
 
 
3.3. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari. 
Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga 
qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun 
ruxsat etilgan normalari belgilangan. 
Og’ir jismoniy ishlar (111 kategoriya)-muntazam jismoniy zo’riqish xususan
og’ir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish va 
ko’tarish bilan bog’liq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 
J.S) dan yuqori bo’ladi. Bunday ishlar temirchilik,kuyuv va boshqa qator sexlarda 
bajariladi [12]. 
Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo’l 
qo’yilishi mumkin bo’lgan miqdorlar ko’rinishida normalanadi. Risoladagi 
miqdorlar deganda odamga uzoq muddat va muntazam ta’sir qilganda tashqi 
muhitga moslashuv reaktsiyalarini kuchaytirmasdan organizmning normal 
faoliyatini va issiklik holatini saqlashini ta’minlaydigan miqroiqlim 
ko’rsatgichlarining yiqindisi tushunilib,ular issiqlik sezish mo’’tadilligini vujudga 
keltiradiva ish qobiliyatini yuksaltirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. Yo’l
qo’yilishi mumkin bo’lgan mikroiqlim sharoitlari-organizmning faoliyatini va 
issiqlik holatdagi o’zgarishlarini,fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga 
chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaktsiyalarining kuchayishini bartaraf 
etadigan va tez normaga soladigan mikroiqlim ko’rsatgichlarining yig’indisidir.
Bunda sog’liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi,biroq nomo’’tadil issiqlik 
sezgilari, kafiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi 
mumkin. 1,2,3 jadvalarda mikroiqlimning risoladagi va yo’l qo’yilishi mumkin 


bo’lgan normalari keltirilgan. Doimiy ishlarda 1-jadvalda keltirilgan miqdorlar 
ta’minlanishi lozim, ular havoni mutadillashtirishda ham majburiydir [10]. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling