O `zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedogokika instuti kimyo yonalishi 12k-20 guruh talabasi Amirova Samina ning analitik kimyo fanidan kurs ishi mavzu: Ajratish va aniqlash


Sifat analizida ishlatiladigan asbob - uskunalar va idishlar


Download 62.38 Kb.
bet11/19
Sana18.06.2023
Hajmi62.38 Kb.
#1581920
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Amirova Saminaning Kurs ishi Analitika fanidan

Sifat analizida ishlatiladigan asbob - uskunalar va idishlar. Laboratoriya amaliyotida sifat reaksiyalarini yarimmikrousul bilan amalga oshirish kata qulayliklarga ega. Yarimmikrousul bilan ishlaganda laboratoriyada quyidagi asbob-uskunalar bo'lishi lozim :
Kimyoviy reaktivlar eritmasi solingan flakonchalar uchun shtativ ; probirkalar uchun shtativ ; halqali chinni uchburchak ; asbest toʻr ; probirka tutqich ; halqali va tutqichli metall shtativ ; sentrifuga probirkalari ; silindrsimon probirkalar ; pipetkalar ; shisha tayoqchalar, diametri 3-5 sm boʻlgan chinni kosacha ; qopqoqli chinni tigel ; voronka, yuvgich, buyum shishalari, idish yuvadigan cho'tka ; suv hammomi, sentrifuga ; mufel pechi ; quritish shkafi ; probirka isitgich ; spirt lampasi yoki gaz gorelkasi .

2.4. Yarim mikroanalizda bajariladigan eng muhim
jarayonlar va ularni bajarish tartibi
Isitish. Ma'lumki, koʻpgina reaksiyalar isitilganda boradi. Kichkina probirkalarga solingan eritmalarni toʻgʻridan - toʻgʻri ochiq alangada qizdirish mumkin emas. Chunki hosil boʻladigan bug ' idishdagi suyuqlikni butunlay otib yuborishi mumkin. Shuning uchun probirka ichidagi suyuqlik maxsus probirka isitgich, spirt lampasi, gaz goreikasi yordamida yoki suv hammomida isitiladi.
Bugʻlatish. Eritmalarning konsentratsiyasini oshirish yoki suvni toʻliq bugʻlatish uchun, ular chinni kosacha yoki tigellarda bugʻlatiladi. Bu ishni suv yoki qum hammomida, gaz gorelkasi ustidagi sim to'r yoki asbest qog‘ozi ustida amalga oshirish lozim.
Cho'ktirish. Cho'ktirish ko'pincha sentrifuga probirkasida olib boriladi. Probirkaga tekshirilayotgan eritmadan bir necha tomchi solinadi va lozim boʻlsa, probirka isitgich yoki suv ham momida isitiladi. Shundan keyin koʻrsatilgan miqdorda pipetka yordamida reaktiv tomiziladi. Yarim mikroanalizda qo'llaniladigan kichik probirkalarda eritmalar yomon aralashadigan boʻlganidan reaktiv tomchilarini qo'shish bilanoq, probirkadagi eritmani shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtirish kerak. Reaktivning har bir tomchisi qo'shilganda aralashtirilsa, yanada yaxshi boʻladi. Shunday qilinganda hosil boʻladigan choʻkma kristallari nihoyatda sekin oʻsib ancha yiriklashadi, sentrifugalanganda eritmadan yaxshi ajraladi hamda sathi kichik boʻlganidan eritmadan begona moddalarni kamroq adsorbsiyalaydi. Agar tushadigan cho`kma kolloid eritma hosil qila oladigan bo'lsa, uning yaxshi koagulatsiyalanishi uchun probirkadagi suyuqlikka reaktiv qo'shilgandan keyin uni yana bir necha minut suv hammomida isitilishi lozim.
Sentrifugalash. Makroanalizda cho'kmalarni eritmalardan ajratish uchun filtrlanadi, yarimmikroanalizda ko'pincha sentrifugalanadi. Sentrifugada markazga intilma kuch cho'kma zarrachalarini probirka tubiga toʻplaydi, buning natijasida cho'kma probirkaning toraytirilgan qismida zich qavat hosil qilib tez yig'iladi va eritma butunlay tiniq boʻlib qoladi.

Download 62.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling