O `zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedogokika instuti kimyo yonalishi 12k-20 guruh talabasi Amirova Samina ning analitik kimyo fanidan kurs ishi mavzu: Ajratish va aniqlash


Download 62.38 Kb.
bet13/19
Sana18.06.2023
Hajmi62.38 Kb.
#1581920
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Amirova Saminaning Kurs ishi Analitika fanidan

Tomchi reaksiyasi filtr qog‘ozida o‘tkaziladi. Tahlil qilinuvchi eritma kapillyar yordamida qog'ozga o'tkaziladi. Soʻngra dog markaziga boshqa kapillyar yordamida reaktiv qo'shiladi. Dog ' diametri 0,5 sm dan oshmasligi kerak.
Choʻktirish xromatografiyasi reaksiyalari - tomchi reaksiyalar kabi filtr qog‘ozda bajariladi. Xromatografik dogʻlar bir biridan ajralishi uchun dogʻ markaziga suv tomiziladi.
Salt tajriba - aniqlanuvchi ion boʻlmagan eritmaga reagent tomizib bajariladi.
Nazorat tajribasi – aniqlanuvchi ion mavjud boʻlgan eritmaga reagent qoʻshib bajariladi. Salt va nazorat tajribalar tahlil natijalarida ikkilanish boʻlgan hollarda, asosiy tajriba bilan parallel holda solishtirish uchun oʻtkaziladi .
2.5. Cho'ktirish va birgalashib cho'kish asosida ajratish va konsentrlash
Cho'ktirish asosida negizidagi ajratish moddalarning eravchanliklari orasidagi farqqa asoslangan. Bunday farqlar son jihatdan eravchanhk ko'paytmasi qiymati bilan aniqlanadi. Biz shuni ham bilamizki, kam eriydigan qandaydir cho'kma o'zi bilan ham eruvchanlik ko'paytmasi qiymati cho'kish darajasiga yetmagan moddani ham cho'ktirishi mumkin. Aksincha, shunday hollar ham bo'ladiki, boshqa sharoitda cho'kish tezligi yetarli bo'lgan moddalarning cho'kishi shuncha sekinlashishi mumkinki, uning yordamida ajratish imkoni bo'lmaydi. Cho'ktirish vaqtida amorf cho'kmalar hosil bo'lsa, uning koagulanishi juda sekin bo'lganligi uchun ajratish murakkablashadi. Moddalarning eruvchanliklari har xil bo'lishi bizga ma'lum. Ayrim moddalar kislotali muhitda, ayrimlari neytral, boshqalari ishqoriy muhitda cho'kadi. Eritmaning pH qiymatini turli usullar yordamida boshqarish orqali ajratiladigan moddalami tegishli pH qiymatlarida cho'ktirish mumkin. Bunda moddalarning turli pH qiymatlaridagi eruvchanliklaridan foydalaniladi. 1-jadvalda ayrim gidroksidlarning cho'kishiga pH qiymatlarining ta'siri tasvirlangan.
1-jadval Ayrim gidroksidlar cho'kishining pH qiymatiga bog'liqligi.


Download 62.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling