O ’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti Qattiq jism fizikasi bo’limidan o’quv-uslubiy majmua


Download 1.63 Mb.
bet19/21
Sana27.03.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1298971
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
portal.guldu.uz-Qattiq jismlar fizikasi

DEBAY HARORATI-qattiq jism kristall panjarasining qayishqoq tebranishlari eng yuqori takroriyligiga mos keluvchi tavsifiy harorat.

  • DETEKTOR-detektirlovchi asbob.

  • DONOR-yarimo’tkazgich kristall panjarasining kirishma yoki dislokatsiya tufayli o’tkazuvchanlik sohasiga elektronlar berish xususiyatiga ega bo’lgan nuqsoni.

  • DONOR KIRIShMA-yarimo’tkazgichning o’tkazuvchanlik sohasini elektronlar bilan ta’minlovchi kirishma (aralashma).

  • DONOR SATH-yarimo’tkazgichda donor kirishmaning mavjudligi bilan bog’liq bo’lgan energiya sathi. Dyulong va Pti qonuni-sodda qattiq jismlarning o’zgarmas hajmi va T≥300K haroratidagi issiqlik sig’imi doimiy va u 6 kalG’mol∙K ga tengdir, deyiluvchi va empirik qoida.

  • ISSIQLIK SIG’IMI-jismni 1 daraja (10S yoki 1 K) isitganda uning yutgan issiqlik miqdori.

  • ISSIQLIK O’TKAZUVChANLIK-jismning ko’proq qizigan qismlardan kamroq qizigan qismlariga issiqlikning yo’nalgan ko’chishi; ularning haroratlarini tenglashtirishga olib keladi.

  • ISSIQLIK O’TKAZUVChANLIK KOEFFITsIENTI-issiqlik oqimi zichligi bilan uni vujudga keltirgan moddadagi harorat gradienti orasidagi mutanosiblik koeffitsinetini. Kvazikristall-atomlari kristall panjara tashkil qilmagani holda tushuvchi nurlanishni kogerent sochish qobilyatiga ega bo’lgan uzoq koordinatsiyaviy tartibli qattiq jism.

  • KOVOLENT BOG’LANISh-bitta molekulyar orbita egallovchi, spinlari qarama-qarshi vaziyatlarga ega, juftlanmagan elektronlarning o’zaro ta’siri bilan belgilanuvchi kimyoviy bog’lanish.

  • KRISTALL-uch o’lchovli davriy atom yoki molekulyar tuzilishga va muvozanat tuzilish holatlari to’g’i simmetrik ko’p yoqli shaklga ega bo’lgan qattiq jism.

  • KRISTALL JISM-tuzilishi uzoq tartib mavjudligi bilan tavsiflanuvchi qattiq jism.

  • KRISTALL NUQSONI-monokristallda kristall tuzilishi davriyligini buzilishi.


  • Download 1.63 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling