O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti fakulteti (sirtqi) -guruh ning fanidan mavzu: antonomiya va antesemiya munosabati kurs ish ilmiy rahbar: qo’qon 2022
Download 57.38 Kb.
|
Antonomya va antesemiya munosabati
chuqur oralig`ida yoki tekislik ustidagi baland va past o`rtasida oraliq joy bor.
Demak, ana shu oraliq joy mantiqiy markaz sifatida tasavvur qilinadi. Ammo ochiqyopiq, oq-qora, gunoh-savob, uchrashmoq-ayrilmoq kabi bir qator antonimlarda mantiqiy markazni topish amrimahol. Shunday bo`lsa ham mazmunan oraliq tushunchalar mavjud (na ochiq, na yopiq qiya, oqish yoki qoramtir, bilmaslik, ko`rishmaslik kabi). Mantiqiy markazni topish mumkin bo`lmagan hollarda, so`zlarning antonimligi ularning boshqa umumiy belgilari asosida aniqlanadi. Bundan qati`y nazar mantiqiy markaz qoidasi tilshunoslikda yangi bir hodisa bo`lib, hali uni atroflicha o`rganishga to`g`ri keladi. Tilshunoslikka oid adabiyotlarda antonimlarni ma`lum turlarga ajratish masalasida olimlarning yakdil emasligi ko`zga tashlanadi. Antonimlarning turlari haqida har xil qarashlar mavjud. Darslik va qo`llanalarda avvalo, antonimiya hodisasining tilning qaysi sathida yuzaga kelayotganligiga qarab lug`aviy antonimiya, grammatik antonimiya kabi turlari qayd etiladi. Lug`aviy antonimiyada o`zaro antonimik munosabatga kirishayotgan birliklarning anglatgan ma`nosi va ma`lum birlikning o`zi bilan zidlik hosil qilayotgan birlik bilan antonimik munosabatga kirisha olish imkoniyati hisobga olinadi: katta-kichik , baland-past, issiq-sovuq va shu kabilarda ma`noviy jihatdan antonimik mavjud. Grammatik antonimiya esa morfemalar asosida yuzaga keladi. Bunda til tizimidagi mavjud morfemalar bilan yangi so`z yasash asosida antonimlik ro`y beradi: gulli-gulsiz, beaql-aqlli, serhosil-hosilsiz kabi. Tilshunoslikka oid adabiyotlarda lug`aviy antonimiya leksik antonimiya, frazeologik antonimiya, leksik-frazeologik antonimlar kabi turlarga ajratiladi. a) leksik antonimiya asosida antonimik munosabatga kirishgan so`zlarning leksik ma`nosi yotadi: yaxshi-yomon, baland-past, oq-qora, issiq-sovuq kabi. b) frazeologik antonimiyada esa iboralarning anglatgan ma`nolariga ko`ra o`zaro qarama-qarshi ma`nolarni anglatishi e`tiborga olinadi: boshga ko`tarmoq – yerga urmoq, boshi osmonga yetdi – qovog`idan qor yog`adi , yerga ursa, ko`kka sakraydi - qo`y og`zidan cho`p olmagan kabi; v) leksik - frazeologik antonimlarda esa alohida olingan so`z ibora bilan zidlik munosabatiga kirishadi va uning ma`nosi antonimlik jihatdan iboraning ma`nosiga qarshi tura oladi: xafa – boshi ko`kka yetdi, og`zi qulog`iga yetdi, terisiga sig`madi kabi. Ba`zi bir adabiyotlarda antonimlarni tasniflashda ularning to`la va yarim (chala, to`liqsiz) kabi turlari ham mavjudligi aytiladi. R. Sayfullayeva va boshqalar tomonidan yaratilgan “Hozirgi o`zbek adabiy tili” darsligida antonimlarni tasniflashda ularning qanday o`zakdan tashkil topganligi ham e`tiborga olingan: Antonimlar strukturasiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: har xil o`zakli antonimlar: katta– kichik, kirmoq-chiqmoq, muhabbat-nafrat; bir xil o`zakli antonimlar: madaniyatli - madaniyatsiz, aqlli-aqlsiz, ongli-ongsiz.28 Yuqorida qayd etganimizdek, kelgan-kelmagan, bor-borma, bilimli-bilimsiz kabi leksik birliklarni o`zaro oppozisiyadagi antonimlar sifatida qarash mumkin emas. Ularda oddiygina holat – inkor ifodalanayapti, xolos. Kelgan-kelmagan, bor-borma kabi ko`rinishlarda inson harakati inkor qilinayotgan bo`lsa, madaniyatli - madaniyatsiz, aqlli-aqlsiz, ongli-ongsiz so`zlarida esa ega emaslik ma`nosi bo`rtib turibdi. Shuning uchun asosida inkor yotgan bunday ko`rinishlarni antonim deb bo`lmaydi. Antonimlarni, xususan, leksik antonimlarni hozirgi o`zbek tili bo`yicha yaratilgan tadqiqotlarga asoslanib tuzilishiga ko`ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. O`zaro antonimik munosabatga kirishgan so`zlar tub so`zlardan iborat bo`ladi: Download 57.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling