O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


VIII bob bo‘yicha savollar


Download 0.69 Mb.
bet71/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

VIII bob bo‘yicha savollar





  1. Texnik tahlilning asosiy ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash usullarini ko‘rsatib bera olasizmi?

  2. Texnik tahlildan kutiladigan natijalarni izohlab bera olasizmi?

  3. Loyihada yuzaga keladigan texnik muammolar nimalar bo‘lishi mumkin?

  4. Loyihada ishlab chiqarish va infrastrukturalarni optimallashtirish nima? Ularni samaradorlikka ta’siri bormi?

  5. Loyihalarni joylashtirish deganda nimalar nazarda tutiladi?

  6. Loyiha hajmi nima?

  7. Loyihani amalga oshirish muddatlari nima uchun kerak?

  1. Xomashyo, ishchi kuchi va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatlari va ularning yetarliligi texnik tahlilga aloqadormi?

  2. Loyihada korxona standarti nima?

  3. Loyiha ishlab chiqarish texnologiyasi reglamenti nima?

  4. Loyiha sxemasi nima?

  5. Texnik tahlilda xarajatlarni doimiy xarajatlar (FS) o‘zgaruvchan xarajatlar (VC) va umumiy xarajatlarga (TC) ajratib olinadi. Nima uchun?

  6. Texnik tahlilda foyda va zararsizlik nuqtasi (BEP) qanday aniqlanadi? Uning grafikdagi ko‘rinishini tahlil qilib bera olasizmi?

  7. Ekspluatatsiya xarajatlari nimalar va ular qanday aniqlanadi?

  8. Texnikaning amortizatsiyasi qanday aniqlanadi?

  9. BEP ni hisoblashda annuitet hisoblanadimi?

  10. Loyihada xarajatlarni optimallashtirishning qanday yo‘llari mavjud?
  1. BOB. EKOLOGIK TAHLIL





    1. Ekologik tahlilning maqsadi va vazifalari

Tabiiy muhitga ta’sir – davlat megoloyihalarining ko‘pincha uchrab turadigan tashqi (eksternal) omillaridan biri hisoblanadi. Masalan, transport tizimlari ko‘pincha tabiiy landshaftda to‘siqlarni yuzaga keltiradi, yomg`ir oqimi va tabiiy drenaj tarmoqlari xarakterini o‘zgartiradi, kasallik tarqalishiga imkoniyat yaratadi va ijtimoiy ofatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun loyiha o‘rta va uzoq muddatda ham ekologik barqarorlikni ta’minlashi kerak. Sirdaryo viloyatidagi yangi avtomobil yo‘li Farg‘ona vodiysini mamlakatning g‘arbiy va janubiy viloyatlari bilan bog‘laydi. Ushbu loyihadan kutilgan iqtisodiy manfaat (yonilg‘i sarfi, tonna/kilometrni kamayishi) va ekologik manfaat (havoning ifloslanishi kamayishi, havodan kasallanish qisqarishi va h.k.) qisqa va uzoq muddatli istiqbolda muhim ahamiyatga ega.


Ekologik tahlilining asosiy vazifasi, loyihani amalga oshirish va foydalanish vaqtida atrof-muhitga keltiriladigan potensial zararni aniqlash va uni yumshatish yoki bartaraf etish uchun zaruriy choralarni belgilab olishdir.
Umuman, atrof-muhitga yetkazilayotgan zararni bartaraf etish yoki uni rivojlanish sur’atlarini qisqartirmagan holda sezilmaydigan darajagacha kamaytirish yanada muhim muammo hisoblanadi. Atrof- muhit «tabiiy kapitalni» namoyon etadi. Daryo oqimi, tuproqni tabiiy himoya qilinishi, havo oqimlaring doimo o‘zgarib turishi – “tabiy kapital”dan keladigan foydadir va tabiatni iqtisodiyotni rivojlantirishga bergan xizmatlaridir, ular iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi va rabatlantiradi.



    1. Download 0.69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling