O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Pishloq ishlab chiqish loyihasining zararsizlik nuqtasini (BEP) aniqlash
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- BEP=FC+Annuity+Depreciation/P-VC
- Loyihani amalga oshirish ishlari grafigi
Pishloq ishlab chiqish loyihasining zararsizlik nuqtasini (BEP) aniqlash
Zararsizlik nuqtasini aniqlash usuli quyidachi formula yordamida aniqlanadi: BEP=FC+Annuity+Depreciation/P-VCZararsizlik nuqtasida puldagi ishlab chiqarish hajmi bo‘lib, u hajmda foyda va zarar nolga teng bo‘ladi Depreciation =I/nD- depreciation –investitsiya amortizatsiyasi K=25% A= I/(1+k)n = 900 000/ (1+0.25)6 =235 930 D=I/n =900 000/6=150 000 BEP=FC+Annuity+Depreciation/P-VC = =70 000+235 000+150 000/ (13-4)= $ 50 689 S ales Revenue&cost Sales revenue Loss
Income Total cost (TC=FC+VC) FC Unites of products Loyihani amalga oshirish ishlari grafigiLoyihaning texnik jihatlarini ishlab chiqish hech bo‘lmaganda loyihani amalga oshirishning kim, nimani va qachon bajarilishi ko‘rsatib o‘tilgan dastlabki rejasini tuzishni o‘z ichiga olishi kerak. Bunday faoliyat ba’zida tarmoqli tahlil yoki tanqidiy yo‘l uslubida tahlil deb yuritiladi. Oxirgi atama dasturlarni baholash va izohlash uslubi kabi murakkab tizimlarni o‘z ichiga oladi. Bu tizimlar bir tadbir boshlanishidan oldin tugallanishi kerak bo‘lgan yoki belgilangan muddatda tugallanmay qolishi butun loyiha bo‘yicha ishlarning kechikishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tadbirlarni aniqlashga mo‘ljallangan. Bu tizimlar yirik fuqaro inshootlarini o‘z ichiga olgan loyihalarni rejalashtirishning samarali vositasi bo‘lsa-da, boshqa loyihalar uchun tadbirlar ketma-ketligini belgilovchi va izohlar bilan to‘ldirilgan oddiy kalendar rejalari ham yetarli hisoblanadi. Har ikkala holda ham o‘z vaqtida bajarilishi loyihani amalga oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi tadbirlarni aniqlash va ularni tugallashga yetarli vaqtni ta’minlash kerak. Bu tadbirlarni yetarli darajada rejalashtirmaslik oqibatida loyihani rejalashtirish muddatlari cho‘zilib ketishi mumkin. bob bo‘yicha qisqacha xulosalarTexnik tahlilning maqsad va vazifalari aniqlab olinishi va ular investorlar, ta’sischilar va loyiha rahbarlariga aniq yozilgan bo‘lishi kerak. Texnik tahlilning yondashuvlari va ko‘rsatkichlari mavjud. Ular sifatli loyiha mahsulotini ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajatlar va kutilayotgan daromadlarni aks ettiradi. Loyiha ishlab chiqishda texnik muammolar identifikatsiya qilinadi. Investitsiya loyihasida loyiha maqsadiga tanlangan texnologiya adekvat (mos va ma’qul) kelishi lozim. Texnik tahlilda xarajatlar doimiy xarajatlar (FS) o‘zgaruvchan xarajatlar (VC) va umumiy xarajatlarga (TC) ajratib olinadi va maxsus ko‘satkichlarda tahlili qilinadi. Texnik tahlilda foyda va zararsizlik nuqtasi (BEP), uning grafikdagi ko‘rinishi tahlil qilinadi. Texnik tahlilda texnologiya va uning har bir jarayoni, mahsulot ishlab chiqarish standartlari, texnologik reglamentlar, mahsulotning sifat labaratoriyalari nazarda tutilishi kerak. Ishlab chiqarish va texnologiyalarni optimal joylashtirish– xarajatlarni va vaqtni tejash imkoniyatini beradi. Ishlab chiqarishda kooperatsiya imkoniyatlari va imtiyozlari tahlilda hisobga olinishi kerak. Shunday kooperatsiya modellaridan biri klasterlar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish va mos ravishda investitsiya kiritish hisoblanadi. Texnik tahlilda ishlab chiqarish grafiklari, vaqti, mas’ullar, moliyalashtirish manbalarining uzviyligi hisobga olinishi lozim. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling