O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Ijtimoiy tahlilda mutaxassislar masalasi


Download 0.69 Mb.
bet80/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Ijtimoiy tahlilda mutaxassislar masalasi


Loyihalarning yaratilishi bosqichidan toki samarali amalga oshirilishi bosqichigacha uning muvaffaqiyati birinchi galda loyihada ishtirok etayotgan mutaxassislarning darajasiga bog‘liq.


Ijtimoiy muammolar loyiha davrining turli bosqichlarida yuzaga chiqadi. Loyiha nafaqat salbiy oqibatlarning oldini olish uchun, shuningdek, ijtimoiy o‘zgarishlarni boshlash maqsadida kishilar kuch g‘ayratlarini safarbar etishi uchun ham aholi urf-odatlari, an’analariga moslangan bo‘lishi kerak. Ko‘pgina ijtimoiy muammolarni aniqlab, mohiyatiga yetishning o‘zidayoq ularning loyihaga salbiy ta’sirini keskin kamaytirish imkonini beradi.
Professional tayyorgarlik va ijtimoiy tahlil tajribasi potensial ijtimoiy muammolarni aniqlash uchun o‘ta zarur. Shu sababli loyiha tahlilida sotsiolog, antropolog kabi mutaxassislar ishtirokini ta’minlash kerak. Turli qishloq xo‘jaligi muassasalarining chorvachilik bo‘limlarida chorva bilan shug`ullanuvchi mutaxassislar bo‘lgani holda chorvani yetishtirish (chorvadorlar) bilan shug‘ullanuvchi
mutaxassislarning yo‘qligi ko‘pgina mamlakatlarda chorvachilik loyihalari samaradorligining pastligi sabablaridan biridir.
Investitsiya loyihalarida yuqori malakali kadlarni tayyorlash uchun mablag‘lar ham rejalashtiriladi. Shuningdek ish joyida treninglar ham tashkil etiladi.


  1. bob bo‘yicha qisqacha xulosalar





  1. Ijtimoiy tahlilning maqsad va vazifalari ishlab chiqilishi lozim. Ular investorlar, ta’sischilar va loyiha rahbarlariga aniq yozilgan bo‘lishi kerak.

  2. Ijtimoiy tahlilning yondashuvlari va ko‘rsatkichlari bilish kerak. Ular loyihani kelgusida bir tekis amalga oshirilishini ta’minlaydi va sifatini belgilaydi.

  3. Loyiha ishlab chiqishda ijtimoiy muammolar identifikatsiya va tahlil qilinadi.

  4. Ijtimoiy tahlilda maqsadli guruh aniqlanadi va u loyihani qo‘llab-quvvatlashishi muhimdir. Investitsiya loyihasida loyiha maqsadiga unga aloqador bo‘lgan aholi qatlami adekvat (mos va ma’qul) kelishi lozim.

  5. Ijtimoiy tahlilda aholining ijtimoiy-madaniy va demografik xususiyatlari o‘rganiladi. Misol uchun O‘zbekistonda yoshlarning hissasini ko‘pligi, 100% yaqin aholining savodli ekanligi, ayollar bilan erkaklarning huquqlarini tengligi, aholining mehnatsevarligi kabi xususiyatlar ijobiy tahlil ko‘rsatkichlari bo‘la oladi.

  6. Ijtimoiy tahlilda o‘z-o‘zini boshqarish organlarining roli ham muhim ahamiyatga ega. Ularning loyihani qo‘llab - quvvatlashi loyihani muammolarsiz amalga oshirilishida katta ahamiyatga ega.

  7. Ijtimoiy tahlilning asosiy komponentlaridan biri loyihada xotin- qizlarning rolini hisobga olish, ularning resurslaridan samarali foydalanishdir.

  8. Ba’zi loyihalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashi zarur. Buning uchun ish joylarini tashkil etish, xotin-qizlar uchun zarur shart- sharoitlarni yaratish, ularning madaniy hordiq chiqarishlari kabi omillar va ular bilan bog‘liq xarajatlar to‘g‘ri rejalashtirilishi lozim.

  9. O‘zbekistonda ijtimoiy islohotlarni amalga oshirilishi va investitsiya loyihalarida ularni aks etishini ko‘rish mumkin.

  10. Loyihada kadrlar tayyorlash, ularni malakasini oshirish, qayta tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar aniqlanishi va loyiha budjetida ular o‘z aksini topishi lozim.




Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling