O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 variantda
1 variant. EBITDA 45 ga teng. Tadbirkor uchun murakkablik koeffitsiyenti 1 deb belgilangan bo‘lsin. Bank o‘zining kredit siyosatiga muvofiq 45 birlik kredit ajrata oladi (I= EBITDA*1 =45*1 =45). Agar murakkablik koeffitsiyenti tadbirkor uchun 5 deb belgilangan bo‘lsa (I= EBITDA*5 =45*5 =225) bu korxona uchun investor 225 birlik qarz mablag‘lari ajrata oladi. Tadbirkor esa bankda o‘zining kredit tarixi va uning ijobiy tajribalarini oshirish borasida doimo harakatda bo‘ladi. Bank murakkablik koeffitsiyentini belgilashda tarmoqning mamlakat iqtisodiyoti uchun ustuvorliligi, tadbirkor va uning korxonasini ishonchliligi kabi omillardan kelib chiqib belgilaydi. 2 variantda esa murakkablik koeffitsiyenti 10 ga teng bo‘lsa (I= EBITDA*10 =5*10
=50) bu korxona uchun investor 225 birlik qarz mablag‘lari ajrata oladi. Moliyalashtirishga ehtiyoj tahliliLoyihaning moliyalashtirishga ehtiyojini aniqlashda milliy iqtisod manfaatlariga mos kelishini albatta hisobga olinishi shart. Loyihani moliyalashtirish ikki manba hisobidan amalga oshirilishi mumkin. O`z mablag‘lari. Qarzga olingan mablag‘lar. Eng avvala o‘z mablag‘lari hisobiga loyihani moliyalashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Bunda investitsiyalashga ketgan mablag‘lar aylanma kapitalni kamayishiga va shu bilan bog‘liq muammolarga olib kelmasligi kerak. Xalqaro amaliyotda aylanma mablag‘lar ham loyiha budjetiga kiritilishi mumkin. Buning uchun yangi korxonalarning yangi loyihalari bo‘lishi lozim. Misol uchun Jahon banki va O‘zbekiston Hukumat o‘rtasida amalga oshirilgan “O‘zbekistonda paxtachilik industriyasini takomillashtirish” (1996-2002- yillar) loyihasida tashkil etilgan yangi qo‘shma korxonalarning aylanma mablag‘lariga ham imtiyozli kredit ajratilgan va loyiha budjetining bir komponenti sifatida qaralgan. Moliyalashtirishga ehtiyoj tahlili loyihani investitsiyalash va uni ekspluatatsiya qilish uchun kerak bo‘lgan barcha moliyaviy ehtiyojlarni prognoz qilishni o‘z ichiga oladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling