O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Qaltislik va xatarlarni klassifikatsiyasi


Download 0.69 Mb.
bet91/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Qaltislik va xatarlarni klassifikatsiyasi


Qaltis holatlar natijasida kichik korxona o‘zining ma’lum bir qism resurslarini yo‘qotishlari mumkin. Biznes rejada esa korxona ma’lum bir qism kutilayotgan daromadlarini ( pul mablag‘larini) yo‘qotishlari mumkin.


Har qanday biznes, xususan yangidan tashkil etilayotgan kichik biznes korxonasida qaltis holatlar mavjud bo‘ladi. Qaltislik biznesga investitsiya kiritish, berilgan kreditni qaytarishligi noaniqliklari va qiyinchiliklari bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan qaltislikni qanday hal qilish usulini ishonarli ko‘rsatib berish muhimdir.
Biznes rejada quyidagi qaltisliklar bo‘lishi mumkin:
Ishlab chiqarish qaltisliklari. Bu guruh qaltisliklar ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik jarayonlarni buzilishi, xomashyo va materiallarni yetkazib berishdagi uzilishlar, ularning sifatidagi kamchiliklar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday qaltislikni boshqarish uchun biznes rejada aniq chora va tadbirlar ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak.
Bular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1.Texnologik jarayonlarni talab darajasida nazorat qilish.
2.Xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilarga korxonaning ta’sirini kuchaytirish. Jumladan, boshqa qo‘shimcha xomashyo va materiallar, butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilar bilan aloqalar o‘rnatish va shartnomalar tuzishga tayyor bo‘lish.
Tijorat qaltisliklari. Bu guruh qaltisliklar marketing, moliyaviy munosibatlar va hamkorlarning aloqalari bilan bog‘liq holda kelib chiqib korxonaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Misol uchun mahsulotni sotish bilan bog‘liq qaltisliklarni misol qilishimiz mumkin.
Bunday qaltisliklarni oldini olish uchun quyidagi chora-tadbirlar qo‘llanishi mumkin:

  1. Bozor konyunkturasini doimiy o‘rganib borish va tegishli qarorlarni darhol qabul qilish, korxonani qaltis vaziyatga tushib qolishini oldini olish.

  2. Dilerlik tarmog‘ini tashkil etish va ulardan samarali foydalanish.

  3. Samarali narx siyosatini yuritish.

  4. Servis xizmatlari tizimini tashkil etish va xaridorlarga taklif etish.

  5. Reklama, mahsulotlarni diferensiatsiyalash, pozitsiyalash va xaridorgirlashtirish.


  1. Download 0.69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling