O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
XIII bob bo‘yicha savollar
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARIDA NOANIQLIK VA QALTISLIKNI TAHLILI
XIII bob bo‘yicha savollarIqtisodiy tahlilning asosiy komponentlari, ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash usullarini ko‘rsatib bera olasizmi? Iqtisodiy tahlildan kutiladigan natijalarni izohlab bera olasizmi? 3.Loyihada yuzaga keladigan iqtisodiy tahlil muammolari nimalar bo‘lishi mumkin? 4.Loyihada iqtisodiy tahlil bo‘yicha xalqaro talablari nimalar? 5.Loyihani iqtisodiy tahlili bilan qanday vazirlik va idoralar shug‘ullanadi? Iqtisodiy tahlil usullarini bilasizmi? Ularni qanday turlari mavjud? Iqtisodiy tahlilning asosiy komponentlari nimalar? 8.Iqtisodiy tahlil va investitsiya jozibadorligi qanday aloqador? Iqtisodiy tahlil xarajatlari va investitsiya xarajatlarining aloqadorligini izohlab bera olasizmi? Iqtisodiy tahlil bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning talablari va ularni loyihalarda aks etishini qanday tasavvur etasiz? Iqtisodiy tahlil xulosasi nima? Uni ishlab chiqishdan maqsad nima? Iqtisodiy tahlilda hudud yoki milliy iqtisodiyotni loyiha asosida va loyihasisiz rivojlanishi qanday xulosa beradi? Iqtisodiy tahlilda yashirin narxlar va ularni hisobga olish nima uchun kerak? Iqtisodiy tahlilda ekspertlarning roli nimada ko‘rinadi? Iqtisodiy manfaatlar va ularning muvozanatini ta’minlash nima uchun kerak? BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARIDA NOANIQLIK VA QALTISLIKNI TAHLILILoyihalarda noaniqlik va qaltislik tushunchalari Loyihalarda noaniqlik va qaltisliklarni aniqlash va ularni boshqarish ularni har bir bosqichida juda muhimdir. Biz xohlamagan narsa yoki voqeaning sodir bo‘lish ehtimolini qaltislik deb ataymiz. Investitsiya loyihalari uchun qaltislik – bu loyihalarda ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishmaslik ehtimolidir. Buning natijasida investorlarning loyihani moliyalashtirishga bo‘lgan qiziqishi pasayadi yoki loyiha umuman investorlarni qiziqtirmay qolishi mumkin. Iqtisodiy qaltislik deganda, pul ko‘rinishida ifodalanishi mumkin bo‘lgan turli zararlarning yuzaga kelish ehtimolligi tushuniladi. Ular quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: Zarar ko‘rish xavfi, ehtimolligi mavjud. Qaysidir mahsulotni ishlab chiqarish zarar keltirishi mumkin. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida hatto eng yirik xalqaro kompaniyalar ham ba’zi sohalarini yoki mahsulotlarini ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi, uning o‘rniga ekologik sof va tannarxi arzon mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tdilar. Noaniqlik, oldindan ko‘ra bilish imkoniyati yo‘qligi. Ya’ni bo- zorning o‘rganilmaganligi yoki boshqa sabablar tufayli ma’lum bir loyiha uchun yakuniy moliyaviy natija qanday bo‘lishini oldindan aytish qiyin bo‘ladi. Firmada ro‘y berishi mumkin bo‘lgan qaltisliklar turli xil, lekin asosan ularning ikki turi ko‘riladi: Moliyaviy qaltisliklar. Firma xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq qaltisliklar. Bu turdagi qaltisliklarni firma boshqara oladi va yechimini topadi. Ular ichki qaltisliklardir. Tashqi qaltisliklarga firma yoki firma rahbarlari ta’sir eta olmaydi. Shuning uchun tashqi qaltisliklarni identifikatsiya qilinishi va unga moslashib samarali faoliyat qilish chora-tadbirlarini belgilab olishi kerak. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling