O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
XII bob bo‘yicha savollar
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. IQTISODIY TAHLIL
XII bob bo‘yicha savollarMoliyaviy tahlilning asosiy yo‘nalishlari, komponentlari, ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash usullarini ko‘rsatib bera olasizmi? Moliyaviy tahlildan kutiladigan natijalarni izohlab bera olasizmi? Loyihada yuzaga keladigan moliyaviy tahlil muammolari nimalar bo‘lishi mumkin? Loyihada moliyaviy tahlil bo‘yicha xalqaro talablari nimalar? Loyihani moliyaviy tahlili ekspertizasi nima? Moliyaviy tahlil normalarini bilasizmi? Ularni qanday turlari mavjud? Moliyaviy tahlilning asosiy komponentlari nimalar? Moliyaviy tahlil va investitsiya jozibadorligi qanday aloqador? Moliyaviy tahlil xarajatlari va investitsiya xarajatlarining aloqadorlini izohlab bera olasizmi? Moliyaviy tahlil bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning talablari va ularni loyihalarda aks etishini qanday tasavvur etasiz? Moliyaviy tahlil xulosasi nima? Uni ishlab chiqishdan maqsad nima? Moliyaviy tahlilda asosiy moliyaviy hisobotlarni roli nimada ko‘rinadi? Moliyaviy tahlil: xarajatlarni moliyalashtirish manbalari nimalardan iborat? Moliyaviy tahlilda ekspertlarni roli nimada ko‘rinadi? Moliyaviy tahlilda ma’muriy va huquqiy normalarning takomillashuviga misol keltiring? BOB. IQTISODIY TAHLILIqtisodiy tahlilning mohiyati. Iqtisodiy tahlilni moliyaviy tahlildan farqli jihatlari Loyiha O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlariga, iqtisodiy manfaatlariga va xavfsizligiga javob berishi kerak. Shuning uchun iqtisodiy tahlil investitsiya loyihasini umumjamiyat manfaati nuqtayi nazaridan o‘rganadi. Iqtisodiy tahlil loyihalarga kengroq yondashib, daromad va xarajatlarni baholashda moliyaviy tahlildan farq qiladi. Umuman, bu tahlilda daromadlar-xarajatlar oqimini baho- lashda moliyaviy tahlilga qaraganda ikki katta o‘zgarishga yo‘l qo‘yiladi. Birinchidan, investitsiya loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar olgan subsidiyalar soliq to‘lovchilarning to‘lovlari bilan qoplanib ketadi. Ikkinchidan, bir loyihani amalga oshirish ikkinchi bir loyiha uchun resurslar miqdori kamayishiga olib kelishi mumkin. Misol uchun, Samarqand viloyatida 15000 tonna pamidor yetishtiriladi. Yevropa texnologiyasida qayta ishlangan pamidor tomat pastasiga qayta ishlab aylantirilsa, va ular agar 110 kg lik asseptek qoplarga qadoqlansa hamda Yevropaning ISO- 9001 sertifikati bilan kafolatlansa, loyiha valuta keltiruvchi loyihaga aylanadi.Agar shu viloyatda yana bir shunday loyiha amalga oshirilsa, ular xomashyo uchun kurashuvchi raqobatchilarga aylanadi. Natijada xomashyoning narxi qimmatlashadi va har ikki loyiha uchun ham xomashyo tanqisligi vujudga keladi.Natijada har ikki korxonaning ishlab chiqrish xarajatlari oshadi va raqlbatdoshligi pasayadi.Bunday muammoning kelib chiqish sabablarini iqtisodiy tahlilda aniqlab tegishli qaror chiqarilishi lozim bo‘ladi. Moliyaviy tahlil va iqtisodiy tahlil o‘rtasidagi farqlarni quyidagicha keltirish mumkin: Moliyaviy tahlilda daromad va xarajatlarga nisbatan alohida bozor baholari qo‘llaniladi. Iqtisodiy tahlilda muqobil ijtimoiy qiymatlar (daromadlar va xarajatlarga nisbatan yashirin baholar, ekologik daromad va xarajatlar, foydalanilmayotgan yoki to‘la foydalanilmayotgan ishlab chiqarish omillari) qo‘llaniladi. Moliyaviy tahlilda kapital xarajatlar loyiha xizmat muddatiga taqsimlab chiqiladi (investitsiya amortizatsiyasi hisoblanadi). Iqtisodiy tahlilda esa kapital xarajatlar ishlatilish yilidagi bir marotabalik xarajat summasi sifatida hisobga olinadi. Moliyaviy tahlilda soliqlar va turli guruhlar o‘rtasidagi boshqa bir tomonlama to‘lovlar hisobga olinadi. Iqtisodiy tahlilda esa bu to‘lovlar va soliqlar jamiyat ichidagi transfert to‘lovlari bo‘lgani uchun hisobga olinmaydilar. Moliyaviy tahlilda diskontning xususiy stavkasi qo‘llaniladi. Iqtisodiy tahlilda loyihalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar oqimlarini daromad darajalariga ko‘ra guruhlar bo‘yicha o‘rganiladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling