Loyihaga quyidagi omillarning taʼsiri kuchayib borishi eʼtirof etilgan:
Loyihaga buyurtmachilarning talablari va loyiha ishtirokchilariga malaka talablarini oshib borishi. Misol uchun avvallari 10- 20-yillarda qurilgan obyektlarni 2-3 yilda qurib bitkazish talablari. Taskent sity loyihasini qurib berish uchun uch yil muddat berilgan.
Loyihaning yakuniy mahsulotini murakkablashuvi. Misol uchun avtomobillarga Yevro 4, so‘ngra Yevro 5, keyinchalik Yevro 6 talablarining qo‘yilishi. Hozirda esa zararli chiqindisi umuman bo‘lmagan avtomobillar ishlab chiqari talablari qo‘yilmoqda.
Loyihalarga ekologik talablarni kuchayishi. Global isish va u bilan bog‘liq yuksak talablar (standartlar va normalar)ni qabul qilinishi.
Loyiha risklarini alohida komponent sifatida tahlil qilinishi va risklarga talablarni kuchaytirilishi.
Loyiha texnologiyalarining chastotasini qisqarishi (Loyiha ishlab va amalga oshirish davomida loyiha uchun tanlangan texnologiyalarni eskirib qolishi).
Jahonning ko‘plab mamlakatlarida umume’tirof etilgan standartlarni qabul qilinishi va amal qilinishi (Misol uchun ISO 2000, HACCP, “Xalol” sertifikatlari va uning standart talablari).
Loyihada qilingan xatoning qimmatini oshib borishi (misol uchun Konkort tovushdan tez uchar yo‘lovchilar samolyotining xatosi va h.).
Iqtisodiyotning loyihaga taʼsirini oshib borishi (inflatsiya, innovatsiya, malakasizlik, masʼuliyatsizlik, makroiqtisodiy barqarorlik va h).
Loyiha muhiti tashqi va ichki muhitlarga bo‘linadi. Tashqi muhitni (uning omillarini) korxona doirasida o‘zgartirib yoki boshqarib bo‘lmaydi. Shuning uchun tashqi muhitdan kelib chiqib samarali ichki muhitni (misol uchun: boshqaruv modeli, kadrlar tanlash) yaratish va raqobat qilish zarur bo‘ladi.
Korxona muhiti loyihaga korxona ichidan bevosita katta taʼsir ko‘rsatadi. Tashqi omillarning ham loyihaga taʼsiri katta:
Do'stlaringiz bilan baham: |