O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI KONSEPSIYASI
I bob bo‘yicha savollarInvestitsiyaning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va ahamiyati nimalardan iborat? Investitsiyalarning turlari va farqli jihatlarini tushuntirib bering. Makroiqtisodiyotda qaysi nazariyalar investitsiyalar bilan bog‘liq, tushuntirib bering? Qayta moliyalashtirish stavkasi nima va u iqtisodiyotni rivojlantirishga qanday taʼsir etadi? O‘zbekiston investitsiya siyosati nimalarni o‘z ichiga oladi? Loyihalar va investitsiyalarni bog‘liqligini tushuntirib bering? Iqtisodiyotni liberallashuvi va investitsiya loyihalari o‘rtasidagi uzviylikni qanday izohlab berasiz? II BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI KONSEPSIYASILoyiha va uning asosiy komponentlari Investitsiya loyihasiga turli adabiyotlarda turlicha taʼriflar berilgan. Oddiy qilib aytganda loyiha cheklangan vaqt davomida hamda belgilangan budjet bilan oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga xizmat qiluvchi o‘zaro bog‘langan tadbirlar majmuidir. АQSHdagi nufuzli Loyiha boshqaruvi instituti (PMI)ning PMI PMBOK yo‘riqnomasida “Loyiha – bu vaqtinchalik korxona bo‘lib, u noyob mahsulot, xizmat yoki natijaga olib keladi”2 ,- deb taʼrif berilgan. Demak, loyihada ko‘zda tutilgan mahsulot noyob bo‘lishi lozim. Hozirgi globallashuv sharoitida iqtisodiyot, jamiyat, innovatsiya va boshqa barcha sohalarni rivojlanishi pishiq- puxta loyihalarni ishlab chiqish va samarali amalga oshirishga bog‘liq. Shuning uchun ham loyiha va uni tahlili hamda boshqarishga barcha boshqaruv tizimlari, moliya institutlari, tadbirkorlar hamjihatlikda masʼul bo‘lmoqda. Loyihalar tahlili bilimi Tijorat banklari va boshqa moliya institulari uchun mutaxassislari uchun Vazirlik va boshqa davlat idoralari uchun Investorlar uchun Tadbirkorlar uchun Olimlar va boshqa soha vakillari uchun zarur bo‘lgan bilimga aylandi. Insonni Marsga yoki oyga uchishi, makro va mikro iqtisdiyotni barqaror rivojlantirish yoxud barcha soha tizimini rivojlantirish loyihani ishlab chiqish va malakali tahlil qilishni talab etadi. Loyihaning asosiy elementlari quyidagilardir: Loyiha atamasi bilan quyidagi tushunchalar o‘zaro bog‘langan: loyiha davri (bosqichi); loyiha tahlili; loyiha boshqaruvi/menejmenti; loyihani moliyalashtirish. 2 A Guide to the Project Management Body of Knowledge, Fifth Edition, Project Management Institute, 2013 ISBN: 9781935589679 Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling