O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Iqtisodiyotni rivojlantirishni asosiy yo‘li – investitsiya loyihalarni yaratish va amalga oshirish


Download 0.69 Mb.
bet7/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Iqtisodiyotni rivojlantirishni asosiy yo‘li – investitsiya loyihalarni yaratish va amalga oshirish







O‘zbekistonda investitsiya siyosatining asosiy tamoyillari bo‘lib jumladan quyidagilar hisoblanadi:

  1. Investitsiyani jalb qilishda teng raqobat muhitini shakllantirish, imtiyoz va preferensiyalardan foydalanish tizimini xalqaro tajribalar asosida shakllantirish.

Ishlab chiqarishni texnik jihatdan qurollantirish va moder- nizatsiyalash, yangi ish o‘rinlarini yaratish asosida iqtisodiy o‘sish barqarorligini taʼminlash.

  1. Vazirliklar, konsernlar, korporatsiyalar va iqtisodiyotning boshqa bo‘limlari ishtirokida va manzilli dasturlarga qatʼiy rioya qilgan holda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan markazlashgan va markazlashmagan kapital qo‘yilmalar hajmini aniqlash.

  2. Iqtisodiy samaradorlikni taqsimlash maqsadida eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosuvchi loyihalar nuqtayi nazaridan ustuvor investitsiya takliflari ro‘yxatini ishlab chiqish va chuqur ekspertizadan o‘tkazishlarni taʼminlash.

  3. Iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirishda investitsiyalarni amalga oshirish tenderlar asosida o‘tkazilishi lozim.



I bob bo‘yicha qisqacha xulosalar





  1. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishi unga ichki va xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi bilan bog‘liqdir.

  2. Iqtisodiyotga real investitsiyalarni jalb etish iqtisodiyotni barqaror rivojlanishiga katta taʼsir etadi. Shuning uchun ham real investitsiyalarni jalb etish hozirgi davrda va kelgusida ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.

  3. Iqtisodiyotga real ignvestitsiyalarni jalb etish uchun investitsiya loyihalari, korxonalarda esa biznes loyihalar/planlar ishlab chiqilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-avgustda qabul qilgan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” Qarorini eslab o‘tish o‘rinli. Qarorda ko‘rsatilganidek 2019-2021-yillarda “Jahon bankining qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshlikni oshirish uchun 200,0 million АQSH dollari hamda qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 200,0 million АQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari; Osiyo taraqqiyot bankining yirik

zamonaviy agrologistika komplekslarini tashkil etish uchun 347,0 million АQSH dollari va chorvachilikni rivojlantirish uchun 150,0 million АQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari; Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining meva-sabzavotchilikni rivojlantirish uchun 200,0 million АQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari; Fransiya rivojlanish agentligining chorvachilikni rivojlantirish uchun 170,0 million АQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari; Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish uchun 46,6 million АQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari yo‘naltirilishi nazarda tutilmoqda”1 . Bu mablag‘larni olib biznesni rivojlantirish uchun investitsiya yoki biznes planlar taqdim etilishi lozim.

  1. Makroiqtisodiy o‘sish iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishga bevosita bog‘liq. Buning uchun Yalpi ichki mahsulotni xarajatlar usuli bilan hisoblash formulasini eslab ko‘rish kifoya.

  2. O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashuvi bilan investitsiya loyihalarini sifatli ishlab chiqarish va samarali amalga oshirishga talab keskin oshdi. “2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘ri- sida”O‘zbekiston Respublikasining Farmoni qabul qilindi.

(12 may 2020 y).

  1. O‘zbekiston iqtisodiyotining investitsiya siyosati ochiqlik va tenglikka qurilmoqda. Raqobatda teng sharoitlar, investitsiya kirishi va chiqishida ochiqlik bu liberal iqtisodiyotning asoslaridir.

  2. Investorlarga qulay va jozibador muhitni yaratishga berilgan eʼtibor Respublika Prezidentining 2017-yildan keyingi farmon va qarorlarida o‘z ifodasini topgan.

  3. Makroiqtisodiyotda pul – kredit siyosati, IS – LM modeli, investitsiya va jamg‘armalar, inflatsiya va foiz stavkalari kabi mav- zular investitsiya loyihalariga bevosita bog‘liq nazariya va konsep- siyalardir.

1 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил.1 августда қабул қилган “Қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини чуқур қайта ишлаш ва озиқ-овқат саноатини янада ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” қарорини. www.Уза Уз.2019й. 08.08

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling