O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


I BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI BILAN BOG‘LIQ IQTISODIY KONSEPSIYALAR


Download 0.69 Mb.
bet3/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

I BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI BILAN BOG‘LIQ IQTISODIY KONSEPSIYALAR





    1. Investitsiya: mohiyati, asosiy turlari va tarkibi

Keng maʼnoda investitsiya – subʼektni vaqtinchalik isteʼmolini cheklab, kelgusida sof foydani ko‘paytirish uchun xarajatlari va harakatlar tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda – pul va pul bo‘lmagan jamg‘armalarni kapitalga (jihozlar, ko‘chmas mulk, moliya va boshqa ko‘rinishdagi aktivlarga) aylantirishdir.


Investitsion faoliyatning asosiy belgilari va tahlil qilishda asoslanadigan xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  1. Investitsion faoliyatda pul aktivlari jihozlar, ko‘chmas mulk va boshqa ko‘rinishdagi aktivlarga aylanadi (masalan, likvidligi pasayadi).

  2. Investorlarning farovonligi va yanada foydani ko‘paytirishni ko‘zlash (masalan, raqobatdoshlikni oshadi).

  3. Uzoq muddatli xarajatlarni va kutilayotgan daromadlarning riski oshadi.

Makro va mikro ko‘lamda iqtisodiyotni rivojlantirishni inves- titsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Investitsiyalar korxonalarni rivojlantirish, mamlakat iqtisodiy o‘sishini taʼminlashning bosh omillaridan biridir. Investitsiyalar deganda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab turgan quvvatlarni saqlab turish va rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik tayyorlash, foyda olish hamda (atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy rivojlanish kabi) boshqa yakuniy natijalar olish maqsadida turli dasturlar yoki alohida tadbirga (loyiha)larga sarflanadigan mablag‘ hamda nomoddiy aktivlar tushuniladi. Investitsiyalar o‘z ichiga foyda (daromad) olish va ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga sarflangan pul mablag‘lari, shuningdek, maqsadli bank omonatlari, paylar, aksiyalar, boshqa qimmatbaho qog‘ozlar, texnologiyalar, mashina va uskunalar, litsenziyalar (shu jumladan, tovar belgilari), kreditlar, har qanday boshqa mulk va mulk huquqlarini hamda intellektual boyliklarni oladi.
Tijorat amaliyotida investitsiyalarning quyidagi uch shakli o‘zaro farqlanadi:

  • fizik aktivlarga qilingan investitsiyalar;

  • pul aktivlariga qilingan investitsiyalar;

  • nomoddiy aktivlarga qilingan investitsiyalar.

Fizik aktivlar deganda asosiy ishlab chiqarish vositalari, yaʼni ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan har qanday mashina va uskunalar tushuniladi.
P ul aktivlari deganda jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‘larini olish huquqi, masalan, bankdagi depozitlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar anglashiladi.




Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling