Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi


Download 199 Kb.
bet1/11
Sana06.05.2023
Hajmi199 Kb.
#1433920
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi Fan dasturi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


TASDIQLAYMAN”
TMI Rektori T.Z.Teshabayev _______________
2021 yil “___”___________



KORXONALARNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
FAN DASTURI


Bilim sohasi:

300000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot

Ta’lim sohasi:

310000 – Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar

Ta’lim yo‘nalishi:

70310102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Toshkent 2021

Fan/modul kodi
336 ENDS 18 1.03

O‘quv yili
2021-2022

Semestr
2-3

ECTS - Kreditlar
8

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi

120

120

240

2.

I. Fanning mazmuni

Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi fanining maqsadi – magistrantlarga iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarini rivojlantirish strategiyasini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha ixtisosligiga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
“Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi” fanining asosiy vazifasi-iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarishni boshqarish, sanoat korxonalari sohasida fundamental qoidalar va hodisalarning korxonalarni strategik rivojlantirish borasidagi amal qilish xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.



II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-modul. Korxonalarni rivojlantirish strategiyasining nazariy asoslari
1-Mavzu. “Korxonalarning rivojlanish strategiyasi” fanining predmeti va vazifalari
“Korxonalarning rivojlanish strategiyasi”- fan va o‘quv kursi sifatida. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o‘rni hamda boshqa o‘quv fanlari bilan bog‘liqligi. Kursning bozor iqtisodiyoti sharoitiga va islohotlar talabiga xos vazifalari. O‘zbekistonda korxonalarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qonunlar, farmonlar va nizomlar. Fanning mamlakat iqtisodiyotini yangilash va modernizatsiyalash qilish va yangilashni izchil davom ettirishning davr talablariga xos va mos vazifalari.


2-Mavzu. Korxonalarning strategik rivojlanishida tadbirkorlik tuzilmalarining iqtisodiy barqarorligi
Korxonaning iqtisodiy barqarorligi. Iqtisodiy barqarorlik va samaradorlik. Korxona xo‘jalik tizimining samaradorligi. Korxona rivojlanishida tadbirkorlik faoliyati va tashabbuskorligining iqtisodiy ahamiyati. Korxonada tadbirkorlik muhitini shakllantirish asosida uni rivojlantirish yo‘llari.


3-Mavzu. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar faoliyat yuritishining strategik modellari
Bozor tipidagi firma modeli. Korxonalar faoliyatining funksional sohalari. Korxonalarning operatsion funksiyalari. Korxonalar faoliyatining asosiy funksional sohalari. Ishlab chiqarish va ilmiy texnikaviy rivojlanish. Ta’minotchilar bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri shartnoma. Ta’minotchilarni tanlash. Vositachi firmalar bilan shartnomalar. Moliyaviy xo‘jalik va hisob. Firmaning moliyaviy funksiyalari. Pul oqimi. Moliyaviy mexanizm. Korxonaning moliya bo‘limi. Personalni boshqarish.
4-Mavzu. Korxonalarning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv jarayonlari strategiyasi
Tashkiliy tuzilmalarning mohiyati va ularni tuzish bosqichlari. Tashkiliy tuzilmalarning turlari. Byurokratik (mexanistik) tuzilmalar. Chiziqli tuzilma. Funktsional tuzilma. Chiziqli – funktsional tuzilma. Divizional tuzilmalar. Mahsulot bo‘yicha tuzilma. Iste’molchiga yo‘naltirilgan tuzilma. Mintaqaviy tuzilma. Dasturli – maqsadli tuzilmalar. Moslashuvchan tuzilmalar. Loyihaviy tuzilma. Matritsaviy tuzilma. Konglomerat tipdagi tuzilma. Yangiliklarga yo‘naltirilgan tuzilma. To‘rsimon tuzilmalar. Boshqaruv darajalarini shakllantirish. Korxonalarni boshqarishni tashkil etishning tamoyillari va usullari. O’zbekistonda aktsionerlik jamiyatlarini boshqarish.



Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling