Mavzu: Qadimgi dunyoning iqtisodiy g'oyalari


Download 62.02 Kb.
bet1/4
Sana26.10.2023
Hajmi62.02 Kb.
#1723308
  1   2   3   4
Bog'liq
qadimgi dunyo tarixing iqdisodiy g\'oyalari

Mavzu: Qadimgi dunyoning iqtisodiy g'oyalari

Reja:


1. Kirish
2. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanining predmeti
3. Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo`jalik obyekti
4. Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g`oyalar
5. O`tish davri tavsifi va uning milliy xususiyatlari
6. Qadimgi dunyo iqtisodiy g’oyalari
7. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kirish
Ijtimoiy taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hokimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g`oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba'zida tushkunlikka uchragan.
Ana shu iqtisodiy g`oyalarni har tomonlama chuqur o`rganish, tahlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya'ni hayotga tadbiq etish nihoyatda ham amaliy, ham nazariy foydalidir, chunki ularda ko`p yillik tajriba mujassamlashgan bo`ladi.

2. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanining predmeti


"Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanining predmeti bo`lib, ma'lum davrlardagi u yoki ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g`oyalar va ijtimoiy konsepsiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.

3. Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo`jalik obyekti


Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo`jalik obyekti bilan chambarchas bog`liqligini namoyon etadi. "Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi sababli prinsipda ilmiy emas deyish mumkin emas" deb yozadi taniqli iqtisodchi T.Kun.
Chunki, keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yoki inkor etish natijasida paydo bo`lgan. Ba'zi mutaxassislar faqat yangi nazariyalarnigina o`rganishni taklif etishadi, ammo, bu so`nggi nazariya avvalgi ko`p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi sifatida namoyon bo`ladi yoki bugun biz "yangi" degan fikr ma'lum vaqtdan keyin o`zgarishi mumkin.

Download 62.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling