Mavzu: Qadimgi dunyoning iqtisodiy g'oyalari
O`tish davri tavsifi va uning milliy xususiyatlari
Download 62.02 Kb.
|
qadimgi dunyo tarixing iqdisodiy g\'oyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu yo`l - uch tarkibiy qismdan iborat
6. O`tish davri tavsifi va uning milliy xususiyatlariMa'muriy markazlashgan iqtisodiyotning tarixiy oqibatlari, bozor munosabatlariga o`tish zaruriyatini anglashni va tub islohotlar boshlashni talab etdi. Natijada iqtisodiy munosabatlar tizimining bir shaklidan voz kechildi va ikkinchi shakliga yuz tutildi. Respublikadagi mavjud vaziyat iqtisodiy islohotlarni o`tkazishga tubdan yangicha yondashuvni sifat jihatidan yangi vazifalar va sharoitlarni hamda tajribalarni hisobga olishni eng muhim mamlakatlar salohiyatiga ko`proq tayanishni taqozo etdi. Bunday mas'uliyatli vazifani hal etish akademik Islom Karimov tadqiqotlarida nazariy-ilmiy yechimini topdi. Chunonchi, aslini olganda, gap bozor munosabatlariga o`tishda o`xshashi bo`lmagan betakror andozamizni ishlab chiqish, o`z yo`limizni tanlab olish haqida bormoqda. Bu yo`l - uch tarkibiy qismdan iborat:·ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi; ·qat'iy markazlashtirilgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan xo`jalik yuritishning bozor munosabatlariga o`tishning eng muhim prinsiplari; ·iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashning aniq yo`nalishlari. Boshlang`ich shart-sharoitlarga ko`ra, yondoshilgan guruhlash mezoniga asosan tartiblashga solinadigan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun 3 ta yondashuv va yana bir turdagi urinish mavjudligi I.Karimov tomonidan tahlil etilgan. Bular:1. Uzoq davom etgan evolyusion taraqqiyotni bosgan rivojlangan mamlakatlardagi aralash iqtisodiyot; 2. An'anaviy (oddiy va bozor, patriarxal feodal munosabatlariga ega) iqtisodiyot asosida shakllanayotgan madaniylashgan bozor munosabatlari; 3. Rejalashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyoti negizida shakllanayotgan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat; 4. Sotsializm g`oyalarini samarali bozor iqtisodi vujudga keltirish bilan qo`shib olib borishga urinayotgan sotsialistik iqtisodiyotning Xitoycha yo`li. Download 62.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling