O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


CF= Re - (TC-A) - R - tax


Download 0.69 Mb.
bet6/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

CF= Re - (TC-A) - R - tax


Bu yerda, CF – pul tushumlari;
Re – mahsulot realizatsiyasidan tushum;
TC – jami xarajatlar;
Аamortizatsiya;
R – foiz to‘lovlari;
tax – to‘langan soliqlar.
Pul tushumlari va chiqimlarini quyida amaliy jadvallarda keltirilgan.


    1. O‘zbekiston investitsiya siyosatining mohiyati va yo‘nalishlari


O‘zbekistonda 2017-yildan iqtisodiyotni liberallashtirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta qurollantirish yanada jadal- lashmoqda. Аmalga oshirilayotgan investitsiya siyosati musta- qillikning dastlabki yillaridanoq yoqilg‘i energetika va don


mustaqilligini taʼminlash, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va import o‘rnini bosuvchi mah- sulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun ustuvor sohalarni qo‘llab- quvvatlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq eshiklar siyosatini olib borish kabilarga qaratildi. Investitsiya siyosatni olib borishda quyidagi tamoyillarga asoslanildi:

  • belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlar va faoliyat sohalarini tanlab qo‘llab-quvvatlash;

  • ijtimoiy ahamiyatli tarmoqlarni (sog‘liqni saqlash taʼlim, mada- niyat va h.k.) aholi turmush darajasini yaxshilash, umrini uzaytirish, ijtimoiy jihatdan keskin tabaqalanishning oldini olish, isteʼmol talabining faollashuvini taʼminlash maqsadida yetarli darajada qo‘llab- quvvatlash;

  • chet el investitsiyalarini o‘zaro manfaatdorlik asosida ustuvor so- halarga jalb qilish;

  • potensial investitsiya resurslarini savdo sohasi va pul bozoridan sanoat sohasiga qayta taqsimlash;

  • ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijdan yangi texnikalar uchun litsenziyalar sotib olish, katta labora- toriyalarni saqlab turishga quvvati yetadigan yirik korporatsiyalar tuzish orqali ishlab chiqarish kapitalini jamlash hisobiga intellektual kapital va ilmiy-texnik potensialni oshirish;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va ularni tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘la- digan darajaga olib chiqishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;

  • aholining oziq-ovqat va isteʼmol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivoj- lantirishni investitsiyalar bilan taʼminlash;

investitsiya jarayonlari ishtirokchilarining o‘zaro aloqalarini tartib- ga solib turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish.



    1. Download 0.69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling