O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
CF= Re - (TC-A) - R - tax
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston investitsiya siyosatining mohiyati va yo‘nalishlari
CF= Re - (TC-A) - R - taxBu yerda, CF – pul tushumlari; Re – mahsulot realizatsiyasidan tushum; TC – jami xarajatlar; А – amortizatsiya; R – foiz to‘lovlari; tax – to‘langan soliqlar. Pul tushumlari va chiqimlarini quyida amaliy jadvallarda keltirilgan. O‘zbekiston investitsiya siyosatining mohiyati va yo‘nalishlariO‘zbekistonda 2017-yildan iqtisodiyotni liberallashtirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta qurollantirish yanada jadal- lashmoqda. Аmalga oshirilayotgan investitsiya siyosati musta- qillikning dastlabki yillaridanoq yoqilg‘i energetika va don mustaqilligini taʼminlash, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va import o‘rnini bosuvchi mah- sulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun ustuvor sohalarni qo‘llab- quvvatlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq eshiklar siyosatini olib borish kabilarga qaratildi. Investitsiya siyosatni olib borishda quyidagi tamoyillarga asoslanildi: belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlar va faoliyat sohalarini tanlab qo‘llab-quvvatlash; ijtimoiy ahamiyatli tarmoqlarni (sog‘liqni saqlash taʼlim, mada- niyat va h.k.) aholi turmush darajasini yaxshilash, umrini uzaytirish, ijtimoiy jihatdan keskin tabaqalanishning oldini olish, isteʼmol talabining faollashuvini taʼminlash maqsadida yetarli darajada qo‘llab- quvvatlash; chet el investitsiyalarini o‘zaro manfaatdorlik asosida ustuvor so- halarga jalb qilish; potensial investitsiya resurslarini savdo sohasi va pul bozoridan sanoat sohasiga qayta taqsimlash; ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijdan yangi texnikalar uchun litsenziyalar sotib olish, katta labora- toriyalarni saqlab turishga quvvati yetadigan yirik korporatsiyalar tuzish orqali ishlab chiqarish kapitalini jamlash hisobiga intellektual kapital va ilmiy-texnik potensialni oshirish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va ularni tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘la- digan darajaga olib chiqishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash; aholining oziq-ovqat va isteʼmol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivoj- lantirishni investitsiyalar bilan taʼminlash; investitsiya jarayonlari ishtirokchilarining o‘zaro aloqalarini tartib- ga solib turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling