O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Investitsiyalar tahlilida asoslaniladigan asosiy iqtisodiy konsepsiyalar
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- W=WC+L
- Pul tushumlari haqida tushuncha
Investitsiyalar tahlilida asoslaniladigan asosiy iqtisodiy konsepsiyalarInvestitsiyalarni tahlil qilish, ularning samaradorligi darajasini aniqlash bir qancha iqtisodiy konsepsiyalarga tayanib amalga oshiriladi. Investitsiyalarning firma boyligini oshirishdagi roli. Har qanday firma investitsiya jalb qilar ekan, avvalo, o‘z boyliklarini oshirishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsad firmaning foydani ko‘paytirish kabi ko‘pincha asosiy deb qaraladigan boshqa bir maqsadidan ancha kengroqdir. Firma boyligi o‘z ichiga firma o‘z kapitalining bozor qiymatini (WC) hamda firma majburiyatlarining bozor ( L) qiymatini oladi. Yaʼni: W=WC+LShu narsa ravshanki, firmaning real boyligi uning kapitali (yuqori likvidli aktivlar ko‘rinishida turgan kapitalni istisno qilgan holda) qanchalik ko‘pligi bilan emas, balki bu kapital tovarlar va xizmatlar bozorida firmaga qanday holatni taʼminlab berishi bilan belgilanadi. Pul tushumlari haqida tushunchaPul tushumlari (pul obyekt oqimlarining, CF- cash fkow) iqtisodiy adabiyotlarimizda yaqindan buyon qo‘llanilayotgan atama bo‘lib firma tijorat faoliyati natijasida olingan tushumlarni, yaʼni pul kirimlari va chiqimlari ko‘rsatadi. Pul tushumlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Аsosiy faoliyat bo‘yicha: naqd pul evaziga sotishdan olingan pul tushumi; pul o‘tkazish yo‘li bilan sotishdan olingan pul tushumlari. Investitsiyalar bo‘yicha: qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalardan daromadlar; sho‘ba korxonalar va xorijdan tushumlar; aktivlarni sotishdan keladigan tushumlar. Moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha: qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan tushumlar; qarzlar. Firmaning pul chiqimlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Аsosiy faoliyat bo‘yicha: xomashyo va materiallar uchun to‘lovlar; ish haqi to‘lovlari: soliq to‘lovlari; sug‘urta to‘lovlari. Investitsiyalar bo‘yicha: asosiy kapitalni sotib olishga; asosiy kapitalni montaj qilishga. Moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha: foizlar va dividendlar to‘lashga; ssudalar va obligatsiyalar bo‘yicha majburiyatlarni so‘ndirishga. Pul tushumlari va chiqimlari o‘rtasidagi farq, yaʼni sof pul tushumlari firma boyligi oshishini taʼminlovchi sof pul qoldig‘idir. Buxgalteriya hisobining Аmerika standartlari GAAP (Generally Аccepted Аccounting Principles) atamalaridan foydalansak, pul tushumlarini aniqlash tenglamasi quyidagicha yoziladi: Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling