Аsosiy vositachi – yuridik shaxs bo‘lib, uning taklifi buyurtmachi tomonidan qabul qilingan. Shartnoma asosida ishlarni bajaralishiga javobgar.
Taʼminotchilar – subshartnomachilar, ular shartnoma asosida turli xil yetkazib berish ishlari – materiallar, uskunalar, transport vositalari va boshqalarni amalga oshiradi.
Ruxsatnoma beruvchilar – tashkilotlar bo‘lib, yer maydoniga egalik qilish huquqi, savdo qilish, maʼlum turdagi ish hamda xizmatlar va hokazolar uchun ruxsat beradi.
Hukumat tashkilotlari – o‘z manfaatlarini loyiha ishtirokchilarida soliq solish yo‘li bilan qondiruvchi tomon bo‘lib, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq.
Yer maydoni egasi – yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lib, loyiha jalb qilingan yer maydoni egasidir. Yerga egalik qilish yoki
foydalanish huquqini shartnoma asosida beradi va buyurtmachi bilan aloqaga kirishadi.
Loyihaning yakuniy mahsuloti ishlab chiqaruvchisi – hosil bo‘lgan asosiy foizlardan foydalanishni amalga oshiradi va yakuniy mahsulotni ishlab chiqaradi.
Yakuniy mahsulot isteʼmolchilari – yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lib, mahsulot sotib oluvchilari va foydalanavchilaridir, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlarga talablarni belgilab unga talabni shakllantirishadi.
Loyihalar tahlili – xarajatlar va daromadlar hamda loyiha bilan bog‘liq bo‘lgan qaltislikni (tavakkalchilikni) tizimli baholash va ochib berish asosida loyihalarni tayyorlash, baholash va tanlab olish usulidir. Loyiha tahlilining katta qismi loyiha davrining dastlabki bosqichida, yaʼni uni qabul qilish yoki qilmaslik to‘g`risida qaror qabul qilingungacha amalga oshiriladi.
Loyiha tahlilida daromadlar va xarajatlar quyidagi 7 nuqtayi nazardan turib baholanadi va ular loyiha tahlilining 7 bo‘limini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |