O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
II bob bo‘yicha qisqacha xulosalar
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
II bob bo‘yicha qisqacha xulosalarInvestitsiya loyihasini ishlab chiqishda asoslaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar investitsiya konsepsiyasida o‘z ifodasini topadi. Investitsiya loyihasi konsepsiyasi loyiha g‘oyasi maʼqullan- gandan keyingi asosiy analitik loyiha oldi hujjatidir. Loyiha konsepsiyasi asosida loyiha komponentlari shakllanadi. Loyihalarni turli kriteriyalar asosida klassifikatsiya qilinadi. Klassifikatsiya qilinishi natijasida loyihaga yondashuv aniqlanadi. Loyihaning hayot davri bo‘lib, uning bosqichlari alohida o‘rganiladi. Har bir loyiha bosqichining masʼullari va undan kutiladigan natijalari belgilanadi. Loyiha muhiti loyihani amalga oshirishda juda katta rol o‘ynaydi. Qulay me`yoriy-huquqiy baza, loyihaga taʼsir etuvchi institutlar, kadrlar kabi ko‘plab omillar loyiha muhiti tahlili obyektidir. Loyihaning obyekti va subyektini identifikatsiya qilish loyiha to‘g‘risidagi tushunchalarni aniq bilishga ko‘mak beradi. Loyiha tahlilida nimalarni tahlil qilish - loyihaning masshtabi, murakkabligi, texnologiyasi kabi omillarga bog‘liq. Loyihada asosan uning tijorat ko‘rsatkichlari (marketing, foyda, rentabellik), texnika va texnologiyasi, ekologiyaga taʼsiri, institutlarni loyihaga taʼsiri, kadrlar va ularni tanlash, loyihaning ijtimoiy ahamiyati, loyihaning hudud (yoki mamlakat) iqtisodiy rivojlanishiga taʼsiri, risklar va ularni boshqarish imkoniyatlari, usullari kabi ko‘plab ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Loyihani professional tahlil qilinishi kelgusidagi xarajatlar va zararlarni oldini olish imkonini beradi. Loyihalarni ishlab chiqarish va amalga oshirishda davlatning roli katta. Davlat tomonidan qulay investitsiya muhitini yaratilishi, qo‘llab quvvatlanishi investorlarni shijoatini oshiradi va davlat xususiy sektor hamkorligi katta ijobiy natijalarni beradi. Bu borada 2018-2019- yillardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlarini qabul qilinishini mustaqil o‘rganish talab etiladi (3-ilovaga qarang). Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling