O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Download 0.69 Mb.
bet19/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Loyiha konsepsiyasi


Loyiha konsepsiyasida quyidagi savollar o‘rganiladi:

  • loyiha raqobatchilari va muhiti tahlili;

  • bozorning mavjudligi;

  • ishlab chiqarish infratuzilmasining tahlili;

  • kadrlar va ishchilar;

  • xomashyo bazasining mavjudligi;

  • qulay qonuniy muhit. Preferentsiyalar va investorlarga imtiyozlar;

  • moliyalashtirish manbalari va b.

  1. Texnik iqtisodiy asosnoma(TEO) yoki loyihaning ishchi varianti. TEO loyihadan manfaatdor tomonlardan keng va chuqur o‘rganiladi. Manfaatdor tomonlar loyihaga konstruktiv takliflarni berishi va uni pishiq- puxtaligini taʼminlanishi mumkin.

  2. Loyihaning yakuniy varianti. Loyihani manfaatdor tomonlar asosan konsensus asosida maʼqulashgandan keyin tasdiqlanadi va moliyalashtirish hamda amalga oshirishga tavsiya etiladi.

  3. Loyihani maʼqullash va amalga oshirish kalendar rejasi. Ushbu bosqich loyiha boshqaruvi fanining obyekti bo‘lib hisoblanadi.

  4. Loyihani moliyalashtirish va amalga oshirish. Ushbu bosqich ham loyiha boshqaruvi fanining obyekti bo‘lib hisoblanadi. Bu bosqichda loyiha boshqaruvchisi va uning jamoasi shakllantiriladi.



    1. Investitsiya loyihalari hujjatlarini tayyorlash bosqichlari


Investitsiya loyihalarini xalqaro tajribada uchta yirik bosqichga bo‘ladilar:



  • investitsiya oldi bosqichi;

  • investitsiya bosqichi;

  • yangidan vujudga kelgan obyektlarni ekspluatatsiya qilish bosqichi.

«Investitsiya loyihalar tahlili» fanining asosiy vazifasi birinchi bosqich to‘g‘risida fikr yuritishdir. BMTning UNIDO nomli bo‘limi tomonidan chiqarilgan byulletenida investitsiya oldi bosqichini to‘rtta yo‘nalishga bo‘lib o‘rganish tavsiya etiladi. Bular:

  • investitsiya konsepsiyalarini tanlash;

  • dastlabki (birlamchi) loyihalarni vujudga keltirish;

  • yakuniy loyihani vujudga keltirish va uning texnik-iqtisodiy hamda moliyaviy jihatdan maʼqulligini baholash;

  • loyihaning yakuniy muhokamasi va u bo‘yicha maʼlum qarorga kelish.

Investitsiya oldi bosqichida muqobil variantlarga ega bo‘lgan bir necha loyihalar o‘rganiladi va ulardan samaradorligi pastlari yoki samara bermaydiganlari chiqarib yuboriladi. Bunday loyihalar kelgusi yo‘nalishlarda ko‘rilmaydi va bu bilan juda katta mablag‘ tejab qolinadi.



    1. Download 0.69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling