O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYAVIY- IQTISODIY BAHOLASHNING ASOSIY USULLARI
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diskontlash konsepsiyasini qo‘llashga asoslangan uslublar
- Diskontlash konsepsiyasini qo‘llashni ko‘zda tutmagan uslublar
BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYAVIY- IQTISODIY BAHOLASHNING ASOSIY USULLARIInvestitsiya loyihalarini baholashga yondashuvlar Har qanday investitsiya loyihasini moliyaviy-iqtisodiy baholash mazmunini juda sodda savolga, yaʼni kelgusidagi pul tushumlari hozirgi qilingan xarajatlarni qoplaydimi yoki yo‘qmi, degan savolga javob topish tashkil etadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda investit- siyalarni baholashning turli loyihalarga qo‘yilgan mablag‘larning foydaliligini taqqoslashga asoslangan usullari ko‘p qo‘llaniladi. Bunda u yoki bu loyihaga investitsiya qilishning muqobil varianti bo‘lib boshqa obyektlarga mablag‘ sarflash, shuningdek mablag‘larni maʼlum foiz bilan bankka qo‘yish yoki ularni qimmatli qog‘ozlarga aylantirish imkoniyatlari hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, investitsiya loyihalari samaradorligini baholash uslublari deganda xarajatlarning foydaliligi va qoplanishi nuqtayi nazaridan turli obyektlarga (loyihalarga, tadbirlarga) investitsiya qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlash usullari tushuniladi. Investitsiyalar samaradorligini aniqlashda, ularning ayrim jihatlarinigina xarakterlaydigan alohida ko‘rsatkich- lardan foydalanish yetarli bo‘lmaydi. Shu sababli investitsiya loyihalari samaradorligini baholash uchun bir necha uslublar va ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Investitsiya loyihalarini baholashda besh asosiy uslubdan keng foydalaniladi. O‘z navbatida bu uslublarni ikki guruhga aratish mumkin: Diskontlash konsepsiyasini qo‘llashga asoslangan uslublar:sof joriy qiymat(NPV)ni aniqlash uslubi; investitsiyalarning rentabellik (PI)darajasini aniqlash uslubi; ichki foyda meʼyori (IRR)ni aniqlash uslubi. Diskontlash konsepsiyasini qo‘llashni ko‘zda tutmagan uslublar:investitsiya loyihalariga sarflangan mablag‘larni qoplash davri(PP)ni aniqlash uslubi; investitsiyalarning buxgalteriya rentabelliligi(ROI)ni aniqlash uslubi. Ushbu uslublarni ko‘rib chiqishdan oldin shuni taʼkidlash zarurki, har bir uslub investitsiyalarning mutlaq samaradorligini aniqlash usuli sifatida ko‘rib chiqiladi. Yaʼni har bir investitsiya loyihasini amalga oshirish firmaning boshqa loyihalarga investitsiya sarflash imkoniyatlariga taʼsir etmaydi, degan shartga amal qilinadi. Bunday shartning kiritilishiga sabab shuki, amalda ko‘pchilik investiya loyihalarining amalga oshirilishi boshqa loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini pasaytiradi yoki mutlaqo yo‘qqa chiqaradi. Bunday investitsiya loyihalari o‘zaro konflikt (ziddiyatli)li loyihalar deyiladi. O‘zaro konfliktli loyihalar jumlasiga shuningdek, firmaning maʼlum bir pirovard maqsadiga erishishning turli yo‘llarini ko‘zda tutuvchi loyihalar kiradi. Turli loyihalarning konfliktli bo‘lishiga sabab korxona mablag‘larining cheklanganligidir. Firmalar loyihalarni nafaqat mutlaq samaradorligi mezoniga ko‘ra, balki mablag‘ yetmay qolganligi sabab boshqa loyihalarni amalga oshira olmasligi tufayli o‘zi ko‘rishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar nuqtayi nazaridan kelib chiqib ham tanlaydi. Boshqacha aytganda, firma investitsiya loyihalarini nisbiy samaradorlik mezoniga ko‘ra tanlaydi. Investitsiyalar samaradorligini aniqlash usullarini o‘rganishga kirishishdan oldin biz eʼtiborga olishimiz zarur bo‘lgan yana bir shart shundan iboratki, bu jarayonda loyiha bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar va tushumlar pul ko‘rinishiga ega deb qaraladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling